Tjournal muharririyati 22 avgust, duşanba kuni loyiha yopilganini ma’lum qildi. «Biz qançalik istasak ham, bu hazil yoki klikbeyk emas. Naşrimizning oxirgi iş kuni - 10 sentabr», deyiladi naşrning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida paydo bölgan xabarda.
Naşr sayti RF Boş prokuraturasi talabiga binoan 2022 yil 14 martdan boşlab Rossiyada «Roskomnadzor» tomonidan bloklangan. TJ bloklanişga qanday xabar yoki maqola sabab bölganini haligaça bilmaydi.
Bloklaş e’lon qilinganidan söng, naşr işni davom ettiriş uçun xodimlarni bosqiçma-bosqiç qisqartirişni boşladi. Biroq, bu çora yordam bermadi. Tahririyat loyihani rivojlantiriş uçun ajratilgan mablağ tugab qolganini tan olişga majbur böldi. «Biz 11 yil, 2 oy va 21 kun deganda yopilamiz», — deyiladi Tjournal xabarida.
Tjournal — 2011 yil 20 iyun kuni taşkil etilgan rus internet-naşri va yangiliklar agregatori. Asosiy mavzular - ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, qonunçilik va gadjetlar. Naşrning öz ma’lumotlariga köra, saytga bir oyda 4 million kişigaça kirgan.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan beri, «Roskomsvoboda» loyihasiga köra, «Roskomnadzor» bir neça mingta saytni - yirik yangiliklar naşrlari, ijtimoiy tarmoqlar, jamoat taşkilotlari, savdo va IT-kompaniyalar saytlarini göyoki harbiy mojaro haqida yolğon ma’lumotlarni joylaştirgani uçun bloklagan.









