Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilishicha, dehqon bozorlari hamda aholi zich istiqomat qiladigan mahallalarda tashkil etilgan yarmarkalar 2022 yil 20 avgustidan 5 sentabriga qadar har kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

Savdo nuqtalarida sotuvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilgan. Rastalar, sovitkichlar, tarozilar va mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, to‘lov terminallari bilan ta’minlab berilmoqda.

Oziq-ovqat yarmarkasi formati fermerlar va dehqonlarga o‘z mahsulotlarini peshtaxtalarni ijaraga olmagan holda xaridorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish imkoniyatini beradi.