Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, uçraşuvda Özbekiston va Rossiya örtasida savdo, sanoat, energetika, transport va qişloq xöjaligi sohalarida amaldagi kelişuvlarning ijro etilişining bugungi holati atrofliça körib çiqilib, amalga oşiriş jarayonini jadallaştiriş böyiça navbatdagi qadamlar belgilab olindi.

Xususan, joriy yilning 10 oyida ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 20 foizga ösib, 9,7 milliard dollarni taşkil etdi. Özbekistonlik işlab çiqaruvçilardan yetkazib berilayotgan mahsulotlar röyxati 68 ta yangi pozitsiyaga köpaydi.

Tomonlar asosiy maqsadi ikki mamlakatning özaro savdo körsatkiçlarini 30 milliard dollarga yetkaziş bölgan Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya örtasidagi 2024-2030 yillarga möljallangan tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş böyiça Qöşma harakatlar rejasini amalga oşirilişini atrofliça körib çiqdilar. Şu örinda kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş, jumladan, sanoat işlab çiqarişi, transport va agrosanoat sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar köp qirrali özaro munosabatlarni yanada rivojlantirişga tayyorligini bildirdilar hamda Özbekiston va Rossiya örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yiğilişini joriy yil oxirigaça Moskva şahrida ötkaziş muddatlarini kelişib oldilar.