Investorlar uçun potensial jozibador böliş uçun qulay işbilarmonlik va investitsiya muhitiga ega bölişdan taşqari, sanoat sohalari ma’lum qiyosiy afzalliklarga ega bölişi kerak. Tadqiqot natijasida ikkita sanoat guruhi aniqlangan.
Birinçi guruh - xalqaro savdoda qiyosiy ustunlikka ega bölgan va investitsiyalardan darhol daromad olişi mumkin bölgan tarmoqlar majmui. Bular töqimaçilik sanoati, kiyim-keçak işlab çiqariş, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş, elektr jihozlarini işlab çiqarişdir. Uşbu tarmoqlarning qiyosiy afzalliklarini belgilovçi asosiy omillar mehnat xarajatlari, potensial bozorlar va mavjud xomaşyo hisoblanadi.
Ikkinçi guruh - rivojlaniş potensialiga ega bölgan, lekin investitsiyalardan ma’lum şaroitlarda daromad oladigan tarmoqlarni ifodalaydi. Bunga kimyo sanoati, qora metallurgiya, quriliş materiallari işlab çiqariş kiradi. Uşbu tarmoqlarning hozirgi ustunligi energiya narxi nisbatan pastligi bilan boğliq. Biroq, bu afzallik bozordan taşqari omillarga, uşbu holatda, sun’iy çeklaş va energiya narxini subsidiyalaş orqali asoslanadi.
Bildirilişiça, liberallaştiriş şaroitida texnologik siyosatni takomillaştiriş va mahsulot birligiga resurslar sarfini sezilarli darajada kamaytiriş şarti bilan uşbu tarmoqlarga qöyilgan investitsiyalar daromad keltiradi.
Tarmoqlar qiyosiy afzalliklarini baholaş içki va jahon narxlarida hisoblangan yalpi mahsulotdagi qöşilgan qiymat uluşi nisbatlaridan foydalangan holda amalga oşirildi. Hisob-kitoblar uçun har bir körib çiqilayotgan soha uçun asosiy mahsulotlar tanlangan.







