4 martdan beri u Rossiya işğoli ostida, lekin işlaşda davom etmoqda va unda hali ham ukrainalik muhandislar xizmat körsatmoqda. Iyul oyining ikkinçi yarmidan beri Zaporijjya AES muntazam ravişda öqqa tutilyapti, bunda uruşayotgan tomonlar bir-birini ayblamoqda. Stansiya xodimlari dunyo hamjamiyatini «tuzatib bölmas xatoning oldini oliş»ga çaqirib, Rossiya qöşinlari undan özining harbiy bazasi va Ukraina hujumlaridan qalqon sifatida foydalanayotganini aytişyapti.

Ukraina energiyasining beşdan bir qismini işlab çiqaradigan Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) Rossiya tomonidan mart oyi boşida, uruşning ikkinçi haftasida tortib olindi. Stansiya va u joylaşgan Energodar şahri işğol qilinişidan oldin, tutaş hududlar uzoq vaqt davomida rus qöşinlari tomonidan öqqa tutilgan. Oqibatda, ma’muriy binolardan birida sodir bölgan yonğin butun dunyoda katta xavotir uyğotgandi.

Hozirda Rossiya armiyasi AES hududidan turib Ukraina harbiylariga qarata öq uzmoqda. AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya ukrainaliklarni öqqa tutiş uçun stansiyadan harbiy baza sifatida foydalanayotganini ta’kidladi. Çunki rossiyaliklar ukrainlar bunga javob qaytara olmasligi, yadro reaktoriga tasodifan zarba berişga botinolmasligini tuşunib yetgan.

Rossiya armiyasi stansiya hududida bir neçta raketa otiş moslamalari, şuningdek, boşqa qurol va texnikalarni joylaştirgan. Moskva stansiyada öz harbiylari borligini tan oladi, biroq stansiya hududidan öq otilayotganini rad etadi. Şuningdek, Ukrainani yadroviy inşootga tahdid solayotganlikda ayblaydi.

Ukraina «Energoatom» rahbari Petro Kotinning sözlariga köra, stansiya hududida 50 ga yaqin oğir harbiy texnika, jumladan portlovçi moddalar örnatilgan «Ural» avtomobillari va 500 ga yaqin rus askari bor.

ZAES xodimlarining aytişiça, Rossiya armiyasi ularni amalda garovda uşlab turibdi.

18 avgust kuni rossiyalik harbiylar nazorati ostida bölişiga qaramay, stansiyada xizmat qilayotgan xodimlar dunyo hamjamiyatidan «tuzatib bölmas xatoning oldini oliş»ni sörab, murojaat qilişgandi.

«Ikkinçi Çernobil» böladimi?

Zaporijjya AESdagi ehtimoliy yadro falokati va uning taxminiy oqibatlari köpinça 1986 yilda Çernobil AESdagi avariya bilan taqqoslanadi, bu atom energetikasi tarixidagi eng katta ofatdir. Öşa paytda reaktordagi portlaş oqibatida stansiyaning energobloklaridan biri butunlay vayron bölgan, atmosferaga juda köp miqdorda radioaktiv moddalar tarqalgandi.