Tört davlat çegarasidagi «ANGOR INDEX»: istiqbolli sarmoya maskani
|00:00 / 27.08.202217 2298 min
Sönggi yillarda Özbekistonda yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oşirilmoqda. Janubiy viloyat Surxondaryoda ham minglab insonlarni işli qiladigan majmua qad rostlamoqda.
Almati –Toşkent –Termiz xalqaro M-39 yöli ustida joylaşgan, hali quriliş jarayoni ketayotgan «ANGOR INDEX» allaqaçon odamlarning tiliga tuşişga ulgurdi. 174 milliard söm içki investitsiya mablağlari tikilgan uşbu majmuaning qurilişi qanday boşlangani, paydo bölgan qiyinçliklar va yutuqlar, umuman bu majmuani barpo etişdan közlangan maqsad nima ekanligiga qiziqdik.
«ANGOR INDEX» MÇJ tijorat direktori Kamoliddin Haydarovning hikoya qilib berişiça, majmua prezident Ş.Mirziyoyevning 2021 yilda Surxondaryo viloyatiga qilgan taşrifi davomida belgilab berilgan vazifalarni amalga oşiriş doirasida qurilmoqda.
«ANGOR INDEX» majmuasi Angor tumani markaziga kiriş qismida, Termiz-Toşkent-Almati M-39 xalqaro yölining şundoqqina böyida barpo etilmoqda. «ANGOR INDEX» nafaqat Surxondaryo viloyatida, şu mintaqada muhim transport-logistika markazi bölişi nazarda tutilgan. Çunki «ANGOR INDeKS» majmuasi joylaşgan joydan Tojikiston, Turkmaniston va Afğonistongaça bölgan masofa 100 km.ni ham taşkil etmaydi.
Bu yerda 700 dan ziyod turli hajmdagi savdo dökonlari, omborlar, xizmat körsatiş va ovqatlaniş nuqtalari, işlab çiqariş maydonlari bölişi közda tutilgan.
«Majmuada kargo va logistika xizmatlari yölga qöyiladi. Yuklar töğridan-töğri şu yerga keltiriladi. tadbirkorlarimiz Toşkent şahriga bölgan 700 km yölni bosib ötiş uçun vaqt va pullarini tejaşadi. Qolaversa, birinçi qöl sifatida şu yerda mahsulot va tovarlarini sotişadi hamda ekseportga yönaltirişadi», — dedi «ANGOR INDEX» MÇJ tijorat direktori Kamoliddin Haydarov.
Kamoliddin Haydarov
«ANGOR INDEX» majmuasi qurilişi asnosida turli telegram kanallar va ijtimoiy tarmoqlarda yer maydonlari talon-toroj qilingani bilan boğliq salbiy xabarlar tarqatildi. Bunga asos qilib, Boş prokuratura xabari olingan.
Kamoliddin Haydarovning qayd etişiça, bunday böhton xabarlar tarqatiş jurnalistik etikaga töğri kelmaydi. Çunki bu yerda heç kim yer sotiş bilan şuğullanmagan. Tarqatilgan fotosuratda qizil çiziq bilan aylantirib belgilangan yer maydonining barçasi «ANGOR INDEX»ga tegişli emas, ya’ni magistral yöllarning muhofaza zonasi uçun qoldirilgan yerlar ularning balansiga kirmaydi.
MÇJ har qanday ommaviy axborot vositasi muxbirlari, blogerlar uçun oçiqligi, ular bemalol kelib özini qiziqtirgan savollarga javob va ma’lumotlarni olişi mumkinligi alohida ta’kidlab ötdi.
«Qolaversa, jinoyat işi oçilgani — bir inson yoki taşkilotning aybdor ekanini bildirmaydi. Insonning aybdorlik masalasini faqat sud hal qiladi. Buni jurnalistlar va matbuot xizmati xodimlari bilişlari kerak-ku? Tarqatilgan xabarlarda aybsizlik prezumpsiyasiga rioya qilinmagan», — dedi K.Xaydarov.
Prokuratura tarqatgan xabarga köra, majmua qurilişi uçun 4 gektar yer maydoni ajratilgan esa-da, umumiy quriliş maydoni 7,1 gektar hududda olib borilmoqda.
Aslida, «ANGOR INDEX» MÇJ hujjatda belgilanganidek, 4 gektar hududa qurilmoqda. Tijorat direktorining aytişiça, qöşimça 3,1 gektar joy Quriliş vazirlişi talablariga köra, M-39 xalqaro trassasidan 57,5 metr, içki yöldan 25 metr muhofaza zonasi uçun taşlangan.
Ya’ni, xalqaro trassa va içki yöldan qonun talablariga muvofiq muhofaza zonasi uçun qöşimça 3,1 gektar yer taşlangan. Bu maydonda heç qanday quriliş işlari olib borilmaydi, oçiq yer şunçaki obodonlaştiriladi: transport vositalari uçun avtoturargohlar hamda yaşil zona barpo etiladi.
Uşbu majmua Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 23 avgustdagi «Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratiş, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rağbatlantiriş yuzasidan qöşimça çora tadbirlar töğrisida»gi 5228-sonli qarorida belgilab berilgan maqsadlar va öşa qaror ilovasida belgilangan konturdagi maydonda barpo etilmoqda. 224-konturdagi qişloq xöjaligiga möljallangan 4 gektar yer maydoni sanoat yerlari toifasiga ötkazilişi belgilangan.
Söngra Yuqori Tallimaron hududidagi 224-konturdagi yer maydonidan 4 gektar yer «AGNOR INDeKS» MÇJga ajratib berilişi haqida Vazirlar Mahkamasini Farmoyişi mavjud.
Ya’ni, uşbu korxonaga yer ajratilişi böyiça hujjatlarga köra heç qanday qonunbuzarlik holatlari yöq. Oçilgan jinoyat işi ham tergov suriştiruvlar yakunlanib, yopilgan.
Ayni paytda, «ANGOR INDeKS» MÇJ mutasaddisi majmua atrofida joylaşgan, xalqaro va içki yölning muhofaza zonasi uçun qoldirilgan 3,1 gektar maydonni ham auksion orqali ijaraga olib, obodonlaştirişda davom etişlarini qayd etib ötdi.
Qolaversa, yöllarning muhofaza zonasida turgan 224-konturdagi 3,1 gektar yerni qişloq xöjaligi yerlari tarkibidan çiqarib, sanoat zonasiga qöşişni sörab Angor tuman hokimi nomidan viloyat hokimiga xat yöllagan.
Alohida qayd etib ötiş joizki, majmua sifatli quriliş materiallaridan foydalangan holda, zamonaviy loyiha asosida barpo etilmoqda. Xavfsizlik qoidalariga töliq rioya qilingan. Ekologik toza, qayta tiklanuvçi energiyadan foydalaniş ham nazarda tutilgan.
Majmuaga muqobil energetika örnatiş masalasida taşrif buyurgan koreyalik mutaxassislar
Majmuada barpo etilayotgan dökonlar turli hajmda bölib, dökonlar, omborlar, ofislar, işlab çiqariş maydonlarining barçasi sotiladi, xaridorlarlarga qonuniy hujjatlaştirib beriladi. Ular özlari işlatişi yoki xarid qilgan dökonlarini ijaraga berişlari mumkin. Ayni paytda dökonlarning qariyb yarmi sotilib bölingan. Yangi xaridorlarga Mustaqillik bayrami arafasida çegirmalar taklif etilmoqda.
Biz uşbu majmuadan dökon xarid qilgan xaridorlardan birini ham sözga tutdik. 15 yildan beri Angor tumanida savdo faoliyati bilan şuğullanib kelayotgan Dilorom Eşonqulova xarididan mamnun ekanligini yaşirmadi.
Dilorom Eşonqulova
«Biz bu majmuaning kelajagigi, istiqboliga işonamiz. Şuning uçun özim va farzandlarim uçun uçta dökon xarid qildim. Narxlari ham yaxşi, bemalol xarid qilsa böladi. Boşqa tadbirkorlarga ham tavsiya etaman», — dedi Dilorom Eşonqulova.
Majmua rahbariyati tadbirkorlarga kömak sifatida bu yerda kargo-logistika xizmatini taqdim etibgina qolmasdan, savdogarlar va işlab çiqaruvçilarning mahsulotlarini import va eksport qilişda özlarining beminnat xizmatlarini taqdim etişni ham va’da qilişmoqda.
Asosan paxta va ğalla ekiladigan tuman markaziga yaqin va katta yöl yoqasidagi past ball bonitetiga ega bunday yerlarda savdo va işlab çiqariş majmuasining taşkil etilişi çetdan qaraganda qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarini barbod qilişdek körinsa-da, 4 gektar maydonda 2 mingdan ziyod iş örni yaratilişi, tadbirkorlar tölaydigan soliqlar şu 4 gektar maydonda yetiştiriladigan qişloq xöjaligi mahsuloti sotuvidan keladigan daromaddan bir neça yuz karra yuqori bölişini ham unutmaslik kerak.
Muxtasar qilib aytganda, uşbu majmuadan dökon va işlab çiqariş maydonlari xarid qilgan tadbirkorlar kelajagi uçun yaxşi sarmoya tikkan böladi. Çunki köp ötmasdan uşbu maskan muhim savdo-logistika markaziga aylanişiga heç qanday şubha yöq.