22–27 avgust kunlari poytaxtimizda taniqli davlat arbobi, Milliy Olimpiya qömitasi va Özbekiston futbol federatsiyasining sobiq prezidenti, marhum Mirabror Usmanov xotirasiga bağişlangan “MIRABROR USMANOV MEMORIAL CUP-2022” xalqaro xotira turniri bölib ötdi. 

Uşbu turnirda 16 yoşgaça bölgan 4 ta jamoa: Özbekiston, Yaponiya, Eron va Tojikiston ösmirlar terma jamoalari iştirok etişdi.     

Ta’kidlaş joiz, musobaqa avvalida oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda iştirok etgan mehmonlar Mirobror Usmanovning özbek futboli va sportiga qöşgan hissasini alohida e’tirof etişdi. Şuningdek, bugungi kun futbol rivojining tamal toşi öşa paytlarda qöyilgani, bu öz mevasini berayotgani futbolimiz faxriylari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Şundan söng turnirni Özbekiston va Eron ösmirlar terma jamoalari boşlab berişdi. Qiziqarli va murosasiz tarzda keçgan uçraşuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinçi öyin Tojikiston va Yaponiya ösmir futbolçilari örtasida keçdi. Unda kun çiqar yurt vakillari 0:2 hisobida zafar quçdi.

Ikkinçi turdagi Eron U 16 – Tojikiston U 16  jamoalari bahsida 2-1 hisobida forslarning qöllari baland keldi. Özbekiston va Yaponiya ösmirlar terma jamoalari örtasidagi uçraşuvda esa vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz uçta töp yöllaşdi.  

Uçinçi turdagi Eron – Yaponiya ösmirlar terma jamoalari öyinida  esa 3-1 hisobi qayd etildi. Sönggi turdagi Özbekiston va  Tojikiston ösmirlar terma jamoalari qarama-qarşiligida vakillarimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirişdi. 5:0.

Musobaqa nizomiga muvofiq turnir davomida eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan Özbekiston ösmirlar terma jamoasiga “MIRABROR USMANOV MEMORIAL CUP-2022” xalqaro xotira turniri kubogini Mirabror Usmanovning farzandi Jahongir Usmanov topşirdi.

Bundan taşqari, turnirda turli nominatsiyalar böyiça eng yaxşilar ham taqdirlandi. Şuningdek, har bir davlat vakillariga alohida esdalik  kuboklari topşirildi. 22–27 avgust kunlari bölib ötgan turnirda, eng muhimi yiğilganlar ötmişni yod etib, bölajak futbol yulduzlarining öyinidan bahramand bölişdi.

Eslatib ötamiz, taniqli davlat arbobi, öz işining çin fidoyisi, “Mehnat şuhrati”, “El-yurt hurmati” va “Döstlik” ordenlari sohibi, bir neça yillar davomida sportimiz, xususan futbolimiz rivojlanişi hamda dunyoda öz örniga ega bölişida ulkan hissa qöşgan.