Argentina vitse-prezidenti Kristina Kirşnerga suiqasd uyuştirildi, deb xabar berdi mahalliy OAV 1 sentabr, payşanba kuni keçqurun. Suiqasd 69 yoşli siyosatçining Buenos-Ayresdagi uyi oldida sodir etilgan. Amaldagi davlat rahbari Alberto Fernandes televideniye orqali qilgan çiqişida aytişiça, olomon orasidan bir kişi Kirşnerga töpponça öqtalib, tepkini bosgan, biroq öq uzilmagan. Töpponçaning işlamay qolişi sababi «texnik jihatdan hali tasdiqlanmagan», deya qöşimça qildi Fernandes. 

Hujum qilgan şaxs qölga olindi. Içki işlar vaziri Anibal Fernandesning sözlariga köra, gap 35 yoşli braziliyalik erkak haqida ketmoqda. U nima sababdan bu işni qilgani noma’lumligiça qolyapti. Vitse-prezident jabrlanmagan. Al Jazeera telekanali voqea aks etgan videoni e’lon qildi. 

Fernandes mamlakatda jamoat tinçligi buzilgani sababli 2 sentabrni dam oliş kuni deb e’lon qildi. Aholiga demokratiyani himoya qiliş uçun «tinçlik va hamjihatlikda» çiqişlar qiliş hamda Kirşner bilan birdamlik bildiriş imkoniyati berilişi kerak, deya tuşuntirdi u. 

Sönggi kunlarda Kirşnerning yuzlab tarafdorlari siyosatçini qöllab-quvvatlaş uçun uning uyi oldida lager taşkil qilişdi. Ayol korrupsiya böyiça sudda ayblanuvçi sanaladi. Ayblov tomoni vitse-prezidentni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni va umrbod davlat lavozimlarida işlaş taqiqlanişini talab qilmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, u jinoiy guruhga rahbarlik qilgan va davlatga bir milliard yevro miqdorida zarar yetkazgan. 

Kristina Kirşner 2019 yil dekabridan beri vitse-prezident lavozimida işlab kelmoqda. U 2007 yil dekabridan 2015 yil dekabrigaça Argentina prezidenti bölgan.