Mobil-ID tizimida identifikatsiyalaş, tizimdan foydalaniş va identifikatsiyani bekor qilişni tartibga soluvçi nizom tasdiqlangan bölib, unga köra:

  • şaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalaş fuqaro xohişiga köra davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora tomonidan (fuqaroning yuzini raqamli formatda rasmga tuşiriş, elektron şaklda qöl barmoği izini oliş orqali) yoxud YaIDXP mobil ilovasi (fuqaroning masofadan biometrik identifikatsiyalaş (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzoni qöllagan holda) orqali amalga oşiriladi;
  • bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimida identifikatsiyalaş 2022 yil 31 dekabrga qadar tölov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boşlab BHM 2 foizi miqdorida tölov undiriş orqali amalga oşiriladi; YaIDXP mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga oşiriladi;
  • Mobile-ID tizimi foydalanuvçilari moliyaviy xizmatlardan taşqari barça davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanişi mumkin.

Şaxs YaIDXP mobil ilovasi orqali identifikatsiyadan ötganda mobil raqam aynan uşbu şaxsga tegişli bölişi lozim, identifikatsiya davlat xizmatlari markazi yoki notarius orqali amalga oşirilganda esa istalgan mobil telefon raqamiga boğlanadi.