Konferensiyada Xalqaro Combat jiu-jitsu federatsiyasi prezidenti Vladislav Şipinskiy, Osiyo Combat jiu-jitsu federatsiyasi prezidenti Ata Adayev, Özbekiston Combat jiu-jitsu assotsiatsiyasi mutasaddilari, hakamlar hay’ati, sportçi va murabbiylar, kuzatuvçilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Tadbirni Özbekiston Combat jiu-jitsu assotsiatsiyasi boş kotibi Ğayrat Nabiyev boşlab berdi va kun tartibi bilan taniştirdi.
Kun tartibiga binoan, Ğayrat Nabiyev assotsiatsiya raisining buyruğini öqib eşittirdi. Unga köra, assotsiatsiya raisining birinçi örinbosari sifatida Otabek Şuhratoviç Islamov faoliyat olib boradigan böldi.

Şuningdek, Alişer Rustambekoviç Bobojonov rais örinbosari, Qodir Rahmatulloyeviç Kuliyev raisning xalqaro munosabatlar böyiça örinbosari, Riza Japparali öğli Safarov esa assotsiatsiyada ijroçi direktor lavozimlariga tayinlandi. Uluğbek Axtamoviç Rahmonov esa Combat jiu-jitsu böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlandi.

Assotsiatsiya raisining birinçi örinbosari etib tayinlangan Otabek Islamov sözga çiqar ekan, taşkilotda işlarni yanada jadalaştiriş hamda rejaga asosan bölib ötadigan musobaqalarga tayyorgarlik köriş, respublika miqyosida ötkaziladigan musobaqalarda ğolib bölgan sportçilarni nufuzli halqaro musobaqalarga munosib tayyorlaş zarurligini alohida ta’kidladi.

Ayniqsa, bugungi kunda yoşlarning sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşirib, ularni turli nopok yöllarga kirib ketmasliklarini oldini oliş bilan bir qatorda sport orqali tarbiyalab, jismonan soğlom va ma’naviy yetuk qilib tarbiyalaş asosiy maqsad ekanini ta’kidladi. Beş muhim taşabbusda belgilab berilgan vazifalardan biri bu yoşlarni sport tögaraklariga jalb etiş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini ta’minlaşdir.









