Holat 7 sentabr kuni sodir bölgan. Boğçadan qaytgan bolalarning ayrimlarida isitma çiqişi, iç ketiş va qayd qiliş holatlari kuzatilgan. Mazkur boğçaga qatnovçi 20 nafar bolaning ota-onasi şifoxonaga murojaat qilgan hamda 10 nafar bola tuman tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimiga yotqizilgan. Ikki kunlik muolajadan söng ularga ham javob berilgan.

Bitta boğçadan turli yoş guruhlaridagi bolalarning bir vaqtda oşqozon-içak faoliyatining buzilişi taşxisi bilan kasallanişi yegulik bilan boğliq bölişi mumkin. Biroq Karmana tuman tibbiyot birlaşmasi rahbari Isomiddin Nodirov bolalarning ovqatdan zaharlanganini rad qildi. 

“Markaziy şifoxonaning yuqumli kasalliklar bölimiga murojaat qilgan bolalarda iç ketiş, tana haroratining kötarilişi, qayt qiliş holatlari kuzatilgan. Şu sababli, ovqatdan zaharlaniş bölmadimikan degan taxminda öşa kuni bolalarga berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan sinamalar olindi. Töğri, holat kuzatilgan, infeksiya bölgan, ammo bu töğridan töğri ovqatdan zaharlaniş emas. Sababi, biz bolalarni 3 kun kuzatdik, kasallikning klinik belgilari zaharlanişga töğri kelmaydi. Qolaversa, laboratoriya tekşiruvlarining dastlabki natijalari ham ijobiy xulosa berdi. Şu sababdan biz ovqatdan zaharlaniş taxminini rad qildik”, — deydi Isomiddin Nodirov.

Karmana tumani tibbiyot birlaşmasi markaziy şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimi vraçi Erkin Jörayevga köra, oşqozon-içak kasalliklarining yuqişi asosan oğiz orqali böladi:

“Oşqozon-içak kasalliklari aksariyat hollarda sifatsiz oziq-ovqat, suv, sut, poliz mahsulotlari hamda mevalarni iste’mol qiliş orqali kelib çiqadi. Yaqin vaqt oraliğida boşqa boğçalardan bu kabi guruh bölib oğriş holati kuzatilgani yöq. Hozirda kerakli tahlillar olinib, bakteriologik laboratoriyaga berilgan. Natijalar çiqqaç aniq xulosaga keliş mumkin böladi”. 

6-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti Karmana tumanidagi eng köp qatnovga ega boğçalardan biri hisoblanadi. Mazkur boğçaga 300 nafardan ortiq bola keladi. Mudira Dilşoda Zokirovaning ta’kidlaşiça, 1991 yilda faoliyatini boşlagan maktabgaça ta’lim taşkilotida şu kungaça bunday holat kuzatilmagan.

“Holatga nima sabab bölganini hozirça biz ham bilmaymiz. Öşa kuni boğçamizda davomat tuşib ketdi. Sababini suriştirib, ota-onalar bilan boğlansak, bolalarning isitmasi kötarilib, qayt qilayotganini aytişdi. Darhol tuman DSENMga murojaat qildik. Hozirda barçasi nazoratga olingan, boğçada bir neça bor dorilaş va tozalaş işlarini amalga oşirdik.