AQŞ olimlari köriş qobiliyati yomonlaşişining oldini oliş böyiça tajriba ötkazdi.

«Aslida nigohlarning ötmaslaşişi 40 yoşdan boşlanadi. Vaqt ötgan sari uzoq yoki yaqinni köriş qobiliyati zaiflaşa boradi. Keksayganda esa aksariyat kişilar gazeta-jurnal va kitoblarni közoynaksiz öqişga qiynalib qoladi. Ba’zilarda esa köriş qobiliyati tomoman yöqoladi.

AQŞning Betesda milliy köz instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanişlar natijasida uşbu muammoning oldini oliş yöli aniqlandi.

Ya’ni olimlar ikkita antioksidant yordamida köz ojizligi xavfini çorak foizdan köproq kamaytiriş mumkinligini isbotladi. Buning uçun ilgari işlab çiqilgan mavjud ozuqaviy qöşimçalar formulasi özgartirildi.

Beş yil davom etgan va 4000 nafarga yaqin kişi qatnaşgan tajriba iştirokçilaridan bir guruhi S vitamini, mis, rux va beta-karotinni öz içiga olgan qöşimçalarni qabul qildi. Ikkinçi guruh yangi formulaga asosan tayyorlangan, ya’ni lutein va zeaksantin antioksidantlari bilan boyitilgan dorivor tarkibga ega qöşimçalardan foydalandi.

Yakunda yangi formulaga ega ozuqaviy qöşimça köz ötmaslaşişi xavfini 26 foizga kamaytirişi aniqlandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.