Rus olimlari miya neyronlarini işemik insult ta’siridan himoyalovçi vositani topganini ma’lum qildi. Bu — selen zarralari.
«Mendeleyev davriy jadvalining VI guruhiga mansub mazkur element Braziliya yonğoqlari, tovuq filesi, baliq, tuxum, greçka, ziğir uruği va boşqa dukkakli mahsulotlar tarkibida köp uçraydi.
Selen yurak-qon tomir tizimi uçun juda foydali. Qolaversa, immunitetni oşiradi, qalqonsimon bez faoliyatini me’yorlaştiradi, asab tizimini mustahkamlaydi, saraton hujayralariga qarşi kuraşadi. Şuningdek, antioksidant moddalarni sintez qilişda faol iştirok etadi.
Rus olimlari ötkazgan tadqiqotlar şuni körsatdiki, organizmdagi mavjud selen zarralari har doim ham qonda yetarli vaqt aylanmaydi. Ular şunçaki jigar va taloqda töplanib, miya töqimalarigaça yetib bormaydi. Buning sababi selen zarralari köp hollarda noqulay ölçamlarga ega.
Uşbu faktlar tadqiqotçilarni turli ölçamdagi selen zarralarining nerv hujayralariga ta’sirini batafsilroq örganişga undadi. Tajriba uçun jonivorlar miyasida astrositlar östirilib, ularga turli — 50, 100 va 400 nanometr ölçamdagi selen nanozarralaridan iborat eritmalar yuborildi. Yakunda 100 nanometrli zarralar eng yaxşi natija berişi aniqlandi.
Uşbu tajriba kelgusida qon aylaniş tizimi kasalliklarining oldini olişga qaratilgan yangi dori vositasi işlab çiqarişda qöl kelişi mumkin», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.








