O‘zbekiston | 17:00 / 20.09.2022
9466
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk marotaba xalqaro franshizalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Foto: FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN

4 oktabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN franshizalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston franchayzing uyushmasi ko‘magida UzFranchise kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.

E’tiborlisi shundaki, bunday ko‘rgazma O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilmoqda. Tashrif buyuruvchilar birinchi qo‘l biznesining ishonchli va manfaatli franshizalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishadi, franshizalar bozorining so‘nggi yangiliklari bilan tanishadi.

Shuningdek, ushbu ko‘rgazma franchayzerlar va franshiza xarid qiluvchilar uchun manfaatli biznes hamkorlik o‘rnatish, bank, yuridik kompaniya, marketing agentliklari uchun muvaffaqiyatli, barqaror o‘sayotgan mijozlarni topish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. Servis kompaniyalar esa o‘z xizmatlari, tadbirkorlar uchun mavjud sharoitlar haqida so‘zlab berishi hamda ikki tomonlama foydali kelishuvlarga erishishi mumkin.

Foto: FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN

 “Franchayzing – bu biznesni kengaytirishning sinalgan va ishonchli vositalaridan biri. Biznesni franshiza asosida boshlashda xavf tadbirkor tomonidan noldan boshlanadigan biznesga qaraganda 12 baravar kamroq. Franchising Expo Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi – bu franchayzerlar (franshiza taqdim etadigan kompaniyalar) Franchayzi topishi (franshizani sotib oladigan taraf), tadbirkorlar esa yangi biznesga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan noyob maydondir. Har bir yangi biznes yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun asos bo‘ladi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shadi”, - deydi O‘zbekiston franchayzing uyushma raisi, UzFranchise kompaniyasi asoschisi Murat Azamov.

Foto: FRANCHISING EXPO UZBEKISTAN

Mazkur keng qamrovli tadbir ishtirokchisiga aylanish uchun saytdan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Kirish bepul.

Ko‘rgazmada 10ta mamlakatdan 100dan ziyod faol xorijiy va mahalliy franshizalar taqdim etiladi:

  • Restoran biznesi
  • Oziq-ovqat va Fashion Riteyl
  • Ishlab chiqarish
  • Ta’lim
  • Go‘zallik va sog‘liqni saqlash
  • Ko‘chmas mulk, development va boshqa.

Bundan tashqari, franshizalar bozorining 20dan ortiq xalqaro eksperti eng dolzarb va muhim mavzularni muhokama etgan holda o‘z tajribalari bilan bo‘lishadi.

Franchising Expo Uzbekistan ko‘rgazmasi yangi franchayzilarni topish va o‘z franshizangiz haqida so‘zlab berish uchun ajoyib imkoniyat.

Bosh homiy: «Lanzhou» tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i. Rasmiy hamkor: «Palchiki» go‘zallik salonlari tarmog‘i.

Batafsil ma’lumot uchun: +998781130390 +99899 200 82 72

Veb-sayt: http://uzfranchise.uz/.

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish