Özbekiston muvaqqat işlar vakili Nodir Ğaniyev Şvetsiya Tadbirkorlik va innovatsiyalar vazirligi Agrar masalalar departamenti boş direktori Yoxan Kraft hamda Yevropa ittifoqi va xalqaro hamkorlik departamenti boşliği örinbosari Kerolayn Tornemo bilan uçraşdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Muzokaralar çoğida innovatsiya, raqamlaştiriş, yaşil iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasida Özbekiston-Şvetsiya hamkorligini yölga qöyiş istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.

Özaro muloqot çoğida Şvetsiya innovatsiyalar vazirligi bölinmalari Özbekiston vakillari bilan amaliy aloqalarni örnatişdan manfaatdor ekani bildirildi.

Özbekiston va Şvetsiyada innovatsiya texnologiyalari va iqtisodiy siyosat masalalariga bağişlab ötkaziladigan xalqaro konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlarda ikki mamlakat ekspertlari iştirokini yölga qöyiş har ikki tomonga birdek naf keltirişi ma’lum qilindi.