Zamonaviy kiçik-invaziv jarrohlikning rivojlanişidagi muhim bosqiçi, robotlaştirilgan tizimdan foydalaniş böldi. Bugungi kunda undan tibbiyotning turli yönalişlarida foydalanilmoqda. Jumladan, onkologiya, urologiya, ginekologiya, gastroenterologiya, umumiy jarrohlik hamda kolorektal va plastik jarrohlikda. Robot-jarroh tomonidan amalga oşiriladigan jarrohlik amaliyotining afzalligi şundaki, ular soğlom töqimalarga minimal şikast yetkaziş va kam qon yöqotiş yöli bilan amalga oşiriladi. Şu tufayli turli xil xavflar kamayadi va reabilitatsiya davrining dovomiyligi qisqaradi. Bundan taşqari, jarrohlik operatsiyasidan keyingi oğriq nisbatan kam seziladi va çandiqlar yaqqol namoyon bölmaydi. Bundan taşqari, robot-jarrohning keng vizual imkoniyatlari tufayli barça manipulyatsiyalar nihoyatda aniq bajariladi. Xususan, uşbu tizim orqali jarrohlar tananing içkarisini uç ölçamli tasvir yordamida köra olişlari mumkin böladi. Robotning jarrohlik asboblari kiçik ölçamli bölib, inson qöliga qaraganda ança katta diapazonda egilib, aylana oladi. 

Foto: Shox International Hospital

Özining tuzilişiga köra, uşbu robot tizimi ikkita blokdan iborat: operator-jarroh uçun konsol va törtta “qölli” robot uskuna. Uşbu uskuna törtta işçi asbobni öz içiga oladi: ulardan biri kamera, qolganlari esa şifokorga kerak bölgan u yoki bu jarrohlik vositalaridir. Jarroh öz konsolida joylaşib olib, konsol unga içki organlarning 3D kattalaştirilgan tasvirini taqdim etadi va maxsus joystiklarni harakatga keltiradi. Ularning harakatlari esa tutqiçlar tizimi orqali robot asboblarga uzatiladi. Robot - jarroh qila oladigan har qanday harakatni bajara oladi, lekin nisbatan past amplitudada. Bu esa robot tomonidan amalga oşiriladigan harakatlar nixoyatda aniq bajarilişi tufayli yuqori baholanadi. Jarrohning joylaşuvi köpçilikka ma’lum bölgan laparoskopik jarrohlikdan tubdan farq qiladi. Xususan, şifokor jarrohlik amaliyoti stoli qarşisida turib, operatsiya paytida işlatiladigan asboblarni bevosita qöli bilan uşlab, oldida turgan ekranga qaraydi. Robot yordamida amalga oşiriladigan operatsiya vaqtida esa jarroh konsoldagi qulay stulda, barça diqqatini operatsiyada jamlaş imkoniyati böladigan şaroitda ötiradi. 

Xöş, robotlaştirilgan jarrohlik operatsiyasi qanday bajariladi? Birinçidan, jarroh bemorning tanasiga kiçik hajmdagi asboblar va yuqori aniqlikdagi kamerani kiritiş uçun bir neçta mayda kesmalar qiladi. Kamera şifokorga jarrohlik maydonining kengaytirilgan, yuqori aniqlikdagi, uç ölçamli tasvirini oliş imkonini beradi. Söngra ergonomik konsolda qulay joylaşgan jarroh 3D tasvir va qölidagi asboblarni boşqariş dastagi bilan köriş nazorati ostida manipulyatsiyalarni amalga oşiradi. Tizim real vaqt rejimida jarroh harakatlarini bemor içidagi asboblarning aniq harakatlariga aylantiradi. Operatsiya davomida jarroh har bir jarrohlik muolajasini nazorat qiladi. Tizimni jarrohning iştirokisiz dasturlaş yoki biron-bir tarzda işlatiş mumkin bölmaydi.