Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Rahmat, O‘zbekiston” – Alif asoschilaridan biri O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunladi
Tavsif:
2017 yilda O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari ochilishi bilan ikki davlat uchun yangi imkoniyatlar ham ochildi. Ikki yildan so‘ng alif o‘zbek xalqiga xizmatlarini ko‘rsatishga qaror qildi.
Uch yildan ortiq vaqt davomida alif jamoasi mamlakatimiz uchun zamonaviy yechimlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. "Albatta, biz hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishimiz kerakligini tushunamiz, axir bu - ishimizning hali dastlabki kunlari xolos", – deydi o‘z murojaatida Zuhursho R., jamoa esa ushbu maqsadlarga erishish uchun yangi mahsulotlar ustida ishlamoqda.
Ushbu videoda u O‘zbekistonga mehmondo‘stligi, alifʼni quchoq ochib kutib olgani va uning gullab-yashnashiga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi — mamlakatdagi har bir insonning hayot sifatini yaxshilashdir va biz uning so‘zlarini ham keltiramiz: "Biz haqiqatan ham mijozlarga e’tiborlimiz va ularning baxti biznesimizga kuch beradigan yoqilg‘idir". alif yuqori darajali xizmat ko‘rsatish va texnologik mahsulotlar dunyoning istalgan nuqtasida taraqqiyotning dvigateli bo‘lishiga ishonadi.
O‘zbekistonda ko‘pchilik alif nasiya, alif shop va alif mobi kabi kundalik hayotda yordam beradigan, vaqtni tejaydigan, kerakli tovarlarni hozir xarid qilib, keyinroq to‘lashga yordam beradigan loyihalar haqida eshitgan. 180 dan ortiq o‘zbekistonliklar alifʼning rivojlanishi va yanada ko‘proq aholiga yordam berishi uchun mehnat qilmoqda.
"Ishonchim komilki, rahbarlarning yangi avlodi liderlik rolini o‘z zimmasiga olishi va O‘zbekistonda alifʼni yanada rivojlantirishi kerak", — shu so‘zlar bilan u mamlakatdagi missiyasini yakunlab, yangi bozorlarni o‘rganishga yo‘l oldi.
Shuningdek, Zuxursho R. 3 yil davomida o‘zbek tilini o‘rganib, o‘z fikrlarini o‘zbek tilida bayon etishga harakat qildi. Uning aksentiga tushunishga harakat qiling. To‘liq videoni bu yerda tomosha qiling. Yoqimli tomosha.
- Sayt
- Telefon: + 998 71 202 51 53
Reklama