Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti, diniy ulamo – şayx Yusuf Abdulloh Al-Qarzoviy 26 sentabr kuni 96 yoşida vafot etdi. Ma’lum qilinişiça, Yusuf Al-Qarzoviy sönggi vaqtlarda bemor bölgan.

Yusuf Abdulloh al-Qarzoviy 1926 yil — misrlik zamonaviy islom ulamosi, 2004 yildan buyon Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti hisoblanadi. Şayx 120 dan ortiq kitoblar muallifi hamda diniy ilmlarni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun sakkizta xalqaro mukofotga sazovor bölgan.

Özbekiston musulmonlari idorasi ham ulamoning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

«Alloh taolo marhum olimning barça xayrli işlarini, ilm yölidagi xizmatlarini, solih amallarini husni qabul aylab, Öz mağfiratiga olsin, oxiratlarini obod qilsin.

Marhumning ahli baytiga Alloh taoloning qazoi qadarini rozilik ila qarşi olgan çinakam möminlarning maqomini söraymiz, barça yaqinlariga gözal sabr tilab qolamiz», - deyiladi idora bayonotida.