Iş joylarini qöllab-quvvatlaş böyiça yetakçi mutaxassis, oçiğini aytganda, juda kamtarona lavozim. Ammo unda ham siz özingizni şunday körsatişingiz mumkinki, hamkasblar sizga rahmat aytib, kompaniya esa maxsus mukofotni taqdim etadi. Bunday hodisa Rustam Töraxonov Beeline Uzbekistan'ning 15 yilligi şarafiga oltin nişonni olganida sodir böldi. Bu uning uçun kutilmagan voqea böldi - lekin masofaviy işlaşga ötişning eng qiyin davrida Rustam yordam bergan hamkasblari uçun emas.

Döst kabi kutib olinganda

Beeline ilk bor Rustam Töraxonovning hayotida 2011 yilda paydo bölgan – öşa paytda u operatorning şu’ba korxonasi "Buzton" MÇJda işlagan. Bungaça Rustam Respublika tibbiyot kollejida tarmoq infratuzilmasini texnik ta’minlaş bilan şuğullangan. Iş asosan, tuşunarli, ammo hajmli. Va eng muhimi, işni yolğiz bajariş kerak edi. IT mutaxassisi özini «tonusda» uşlab turişi uçun juda muhim bölgan professional aloqa doirasi yöq edi. Şu bois Rustam kompaniyani özgartiriş haqidagi yangi taklifni bajonidil qabul qildi. 2018 yilda u Beeline Uzbekistan’ning öziga ötdi.

"Men suhbatdan ötdim, yigitlar bilan tanişdim. Ular meni göyo uzoq vaqtdan beri döst bölib qolgandek kutib olişdi, — deb eslaydi Rustam. – Öşa paytda HelpDesk texnik yordam xizmati iş örinlari yaratiş bilan şuğullanmagan. Men texnik yordam böyiça mutaxassis lavozimiga keldim, biz Beeline simli internetini ulagan abonentlarga xizmat körsatar edik. Va faqat işdan böş vaqtlarida kompaniya xodimlariga yordam berar edik".

"Masofadan" işlaganda

Hammasi 2020 yilning bahorida, pandemiyaning birinçi tölqini boşlanganda özgardi. Antivirus çoralari va masofaviy işlaşga ommaviy ötiş köp qiyinçiliklarni keltirib çiqardi: hamma ham şaxsiy kompyuteriga ega emas edi va hamkasblar uyda işlaganligi sababli kompyuterlarni ta’mirlaş böyiça sörovlar kamaymadi.

Işxonada qiladigan işlari köp bölgan Rustamning özi ham uyda ötira olmasdi. Şu bilan birga, u kompaniyaning boşqa xodimlariga yordam berişni boşladi: u va uning hamkasblari iş uçun jihozlarni yetkazib beriş maqsadida kompyuterlar va xodimlar röyxatini tayyorlaşdi, serverlarni haddan taşqari yuklaşdi, dasturlarni örnatiş böyiça maslahatlar berişdi va texnik vositalarni ta’mirlaşdi. Ammo öşa paytda, yöllardagi transport çeklovlari tufayli, umuman har kuni ofisga yetib boriş mumkin bölişiga kafolat yöq edi! “Maxsus rejimda” bir neça juda qiyin haftalar ötdi. Ammo önlab Beeline xodimlari töliq masofaviy iş bilan ta’minlandilar. Kompaniya favqulodda vaziyat sinovidan ötdi.