Ekin maydonlariga suv yetkaziş masalasi oğir bölgan Qoraqalpoğistonning Törtköl tumani yerosti suvlari yaqinligi va tuproqda şör miqdorining kuçliligi sabab hosildorlik past bölib kelgan. Paxta va ğallani an’anaviy usulda suğoriş oqibatida nihol nobud bölişi, 100 foiz sepilgan uruğdan 65-70 foizigina unib çiqişi kuzatilgan. Suv resursi kam, buning ustiga hosilning nobud bölişidan fermerlar köp aziyat çekkan. “Omad start” kompaniyasi törtköllik fermerlarga mana şunday şaroitda ösimlikni nobud qilmay, yaxşi hosil oliş böyiça innovatsion yeçim olib kirdi. Tomçilatib suğoriş va yomğirlatib suğoriş usuli orqali dehqonlar ilk natijalarni olişni boşlaşdi.
15-22 sentner 40 sentnerga aylandi
Törtköl tumanidagi “Dilşod A” fermer xöjaligi rahbari Ozod Otajonov Amudaryoga yaqin joyda joylaşgan yerlaridan avvallari 15-22 sentner atrofida paxta hosili olgan. Tomçilatib suğorişni yölga qöyganidan söng esa aynan şu yerlardan 40 sentnerdan oşiq hosil olişni boşladi. Fermer tomçilatib suğoriş afzalliklarini sanab ötdi. Uning aytişiça, tomçilatib suğorişda köllatib suğorişda nobud böladigan hosil saqlanib qoladi. Şu bilan birga mineral öğitlar har bir ösimlik ildiziga birday yetib boradi. Bundan taşqari, bir qatorga suv tomçilaşi va bir qatorda quruq tuproq bölişi ösimlik ildiziga ham namlik, ham issiqlik borib turişiga sabab böladi. Bu esa paxta ösimligining yaxşi rivojlanişiga zamin yaratadi.

65-70 foizdan 100 foizga nihol unişi
Törtköllik fermerlar ğalla ekib, uni an’anaviy suğorişgan paytlari buğdoy niholining 30-35 foizi nobud bölgan. Bundan taşqari köllatib suğorişda maxsus ariqlar yordamida suv yönaltirilgan va ariqlar joylaşgan yerda buğdoy yaxşi bölmagan. Misol uçun “Dilşodxöja” fermer xöjaligiga tegişli 8 gektarni oladigan bölsak, şu yerdan ariqlar hisobiga salkam 1 gektar yer yöqotilgan. Yomğirlatib suğoriş yölga qöyilganidan söng esa, nihol 98-100 foiz unib çiqa boşladi. Yomğirlatib suğoriş uçun ariqlar şart bölmaganligi sababli yöqotişlarsiz, yerdan töliq hosil olinadigan böldi.

Bundan taşqari, “Dilşodxöja” fermer xöjaligi rahbari Dilşod Samandarovning sözlariga köra, yomğirlatib suğorişda ildiz atrofidagi tuproq qotib ketmaydi va mayin turadi, şu bilan birga 5-10 santimetr nam hosil bölganligi sababli mineral öğit qabul qilinişi ham yuqori darajada böladi. Avvallari 20-25 sentner hosil olgan yeridan tomçilab suğoriş uskunalarini mart oyida qöygan bölişiga qaramasdan hosilni 45 sentnerga oşirgan.









