Bu haqda Indoneziyaning Birlaşgan Arab Amirliklaridagi elçisi Husin Bagis sözlariga tayangan holda The National naşri xabar berdi.
«Ikkalasi ham rozi bölişdi. Ammo Ukraina – Rossiya uruşi tufayli vaziyat murakkab», dedi Bagis.
Agar ular noyabr oyida sammit ötkaziladigan Bali oroliga borsa, ikki mamlakat örtasida uruş boşlanganidan beri birinçi marta umumiy tadbirda birgalikda iştirok etadilar.
Bagis sözlariga köra, prezidentlarni qabul qiliş uçun tayyorgarlik işlari boşlab yuborilgan.
«Biz ularni alohida mehmonxonalarga joylaştiramiz – biri Putin uçun, ikkinçisi Zelenskiy uçun», dedi u keskinlikning oldini oliş zarurligiga işora qilib.
Avvalroq, Putin sammitda Rossiyaning iştirok etişini tasdiqlagan, ammo özining taşrifi haqida aniq ma’lumot bermagan edi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov G20 sammitida Rossiya iştirokini tasdiqladi, ammo format hali aniqlanmaganini aytdi.
Zelenskiy matbuot kotibi Sergey Nikiforov Ukraina prezidentining sammitga taşrifini tasdiqlamadi. «Yöq, hozirça bu borada yakuniy qaror qabul qilinmadi», — dedi u.
Noyabr oyida Indoneziyaning Bali orolida bölib ötadigan köp tomonlama forumda dunyoning 20 ta yirik iqtisodiyoti yetakçilari, şuningdek, BAA va Ukraina kabi taklif etilgan davlatlar ham iştirok etişi kutilmoqda.
Unda soğliqni saqlaş, raqamli transformatsiya va barqaror energiyaga ötiş bilan bir qatorda tinçlik masalasi ham kun tartibida birinçi örinda turadi.
1999 yilda taşkil etilgan G20 guruhi hissasiga jahon yalpi içki mahsulotining 85 foizi, xalqaro savdoning 75 foizi töğri keladi. Bu mamlakatlarda dunyo aholisining uçdan ikki qismi istiqomat qiladi. Bu esa forumni xalqaro iqtisodiy hamkorlikning asosiy platformasiga aylantiradi.
Guruh global iqtisodiyot va moliyaviy barqarorlik, şuningdek, iqlim özgarişi va barqaror rivojlaniş bilan boğliq masalalar bilan şuğullanadi.








