19 oktyabr kuni soat 03:46da Andijon şahridagi “Jahon savdo kompleksi” AJga qaraşli dökonlarda yonğin bölayotgani töğrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.

FVBga köra, voqea joyiga 10 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 03:56da yetib borib, yonğin soat 04:00da töliq qurşab olingan, soat 04:16da batamom öçirilgan.

Kun.uz muxbiri hodisa joyiga borib, yonğin keltirgan talafotlar bilan tanişdi. Mutasaddilar va dökon egalari bilan suhbatlaşdi.

20 yildan buyon mana şu bozorda savdo qiladigan Muhabbat Qöçqorovaning aytişiça, uning dökonida 50 ming dollar atrofida tovarlari yonib ketgan.

“Palto, şuba, koja, plaş kabi ayollarning sarpo mollarini sotamiz. Yarim soat oldin yuk qöyib ketgan edik, şundan keyin tezda yonib tugadi deyapti. Hamma svetlarni öçirib ketgan bölsa, yonğin qayerdan çiqqan? 100 ta tadbirkorning joyi edi bu joy. Endi har birini uyida bola-çaqasi bor... Yangi hokim moddiy yordam beramiz, dökonlaringni joyida tiklaymiz dedi. Turk mollarini sotaman. 50 ming dollar atrofida tovarim bor edi. 1-2 marta buzişadi deganda könmagan edik”, – deya ta’kidladi u.

“Taxminan 40 ming dollarlik tovarim bor edi. Xitoy tovarlarini sotardim. Yolğiz ayolman, 14 yildan beri uç farzandni davlatimizdan moddiy yordam olmasdan, özim eplab kelayotgan edim. Bunaqa kunlar heç kimning boşiga tuşmasin. Şahar hokimimiz çiroyli qilib qurib, moddiy yordamlarni qilib beramiz, deb va’da berdi”, – deydi Dilfuzaxon Nazarbekova.

Yonğinga elektr tokidagi qisqa tutaşuv sabab bölgani taxmin qilinyapti. Hozirda tegişli mutasaddilar yonğin sabablarini örganmoqda.

Andijon şahar hokimi Ğofurjon Abdurahmonov bozorga kelib, dökon egalari bilan suhbatlaşdi. U keltirilgan zarar aniqlangaç, barçasi töliq qoplab berilişini ta’kidladi.