23 oktabr kuni Toşkent xalqaro aeroportida yirik Boeing 747-281F yuk taşiş samolyotini tantanali qabul qiliş marosimi bölib ötdi. "Jumbo Jet" nomi bilan ham tanilgan uşbu samolyot My Freighter yuk taşuvçi kompaniya aviaparkini töldiradi.

Özbekistonga ilk bor yuk taşiş hajmi 105 tonnalik yirik Boeing747 yuk taşiş samolyoti yetib keldi. Şuningdek, "Jumbo Jet" nomi bilan ham tanilgan uşbu samolyot My Freighter yuk taşuvçi kompaniya aviaparkini töldiradi. Şu paytgaça Özbekistondagi eng katta yuk taşuvçi samolyot 50 tonna yukka möljallangan bölib, yangi samolyot mamlakatning xalqaro yuk taşiş xaritasidagi muhim markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirişi kutilmoqda.

Indoneziyada zarur texnik tekşiruvlardan ötib kelganidan söng, 2022 yil 23 oktabr kuni Toşkent aeroportida yirik Boeing 747-281F yuk taşiş samolyotining tantanali qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Tört dvigatelli keng korpusli (fyuzelyajli) yuk taşuvçi samolyot 10 600 km masofaga parvozlarni amalga oşiradi, şuningdek, ekipaj uçun sakkizta maxsus dam oliş joylari bilan jihozlangan.

Özbekistonga kelgan, UK47088 raqami bilan röyxatdan ötgan samolyot 2019 yilda taşkil etilgan My Freighter mahalliy kompaniyasi tomonidan boşqariladi.

Uşbu samolyot modelining öziga xos xususiyatlaridan biri – bu katta hajmdagi yuklarni samolyotning burun qismi orqali yuklaş qobiliyatidir. Ulkan Boeing 747-281F samolyotiga iş bir vaqtning özida tört tomondan, şu jumladan burun orqali yuklaş amalga oşirilsa, atigi 60-90 daqiqada uni töliq yuklab oliş mumkin. Öz sinfida rekord darajadagi parvoz diapazoniga ega bölgan uşbu samolyot Xitoy va Janubi-Şarqiy Osiyoni Yevropa va AQŞ bilan boğlab, yuk taşişni amalga oşirişni rejalaştirmoqda, bu yerda Toşkent asosiy tranzit markaziga aylanadi. 

 «Kompaniyani taşkil etişda biz öz oldimizga: Özbekistonni xalqaro yuk taşiş markaziga aylantirişni maqsad qilib qöyganmiz. Ya’ni Xitoy va Yevropaga nisbatan qulay geografik joylaşuvini hisobga olgan holda öziga xos “osmondagi Ipak yöli”ni yaratiş imkonimiz bor. Prezidentimiz boşçiligida amalga oşirilayotgan islohotlar ulkan işlarni hayotga tatbiq etişda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Kompaniyamiz faoliyati natijalari Özbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatini strategik rivojlantiriş borasidagi islohotlarning samarasi ekanligidan juda mamnunman. Logistika tendensiyalarini tahlil qiliş şuni körsatadiki, kelgusi beş yil içida uşbu havo yöllari orqali yuk taşiş bozori misli körilmagan darajada ösişi kutilmoqda. Bu elektron tijoratning rivojlanişi, geosiyosiy özgarişlar, xalqaro taşkilotlar faoliyati va jahon bozorining özgaruvçan talablari bilan boğliq. Bunday şaroitda Özbekiston nafaqat mintaqada, balki xalqaro maydonda ham asosiy havo transporti markazlaridan biriga aylaniş salohiyatga ega», —