AQŞ Davlat departamenti Ukrainaga umumiy qiymati qariyb 2,1 milliard dollarlik 500 ta Patriot PAC-3 MSE tutib qoluvçi raketalari hamda ularga tegişli uskunalarning ehtimoliy sotuvini maʼqulladi. Idoraning 30-oktabr kuni eʼlon qilingan xabarnomasida aytilişiça, yetkazib beriladigan yuklar qatoridan ehtiyot qismlar va raketalar ekspluatatsiyasini taʼminlaş vositalari ham joy oladi. Asosiy pudratçi sifatida Amerikaning Lockheed Martin kompaniyasi iştirok etadi.

Bitim AQŞ byudjeti mablağlari jalb etilmagan holda, Ukrainaning ittifoqçilari va hamkorlari tomonidan töliq moliyalaştiriladi. Ukraina xarid haqini JUMPSTART dasturi orqali Kanada, Germaniya va Norvegiya kiritgan badallar, şuningdek, Yevropa Ittifoqining Ukraine Support Loan krediti doirasida taqdim etilgan mablağlar hisobidan tölaydi. Davlat departamentining baholaşiça, uşbu taʼminot Ukrainaga mavjud Patriot tizimlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş va havo tahdidlaridan himoyani kuçaytiriş imkonini beradi.

15-oktabr kuni CNN telekanali öz manbasiga tayanib, Ukrainada Patriot majmualari uçun möljallangan raketalar zaxirasi butunlay tugagani haqida xabar bergan edi. Öşanda CNN manbasi tutib qoluvçi raketalar yöqligi sababli sönggi yoppasiga berilgan zarba vaqtida Rossiyaning deyarli barça ballistik raketalarini urib tuşirişning imkoni bölmaganini aytgandi. 14-oktabrga ötar keçasi Rossiya raketalari Kievdagi uçta elektr stansiyasiga va Xarkovdagi energetika obyektlariga zarba berdi, oqibatda poytaxtda tört kişi halok böldi, yana 25 kişi jarohat oldi.