Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi özining xalqaro yönalişlar tarmoğini kengaytiriş maqsadida Qozoğiston va Özbekistonni istiqbolli manzillar sifatida körib çiqmoqda. Bu haqda kompaniya boş direktori Skott Kirbi Cheeky Pint podkastida maʼlum qildi.

Suhbat davomida Kirbidan aviakompaniya yangi yönalişlarni qanday tanlaşi haqida söraşdi. Uning sözlariga köra, bu iş bilan Patrik Kueyl boşçiligidagi maxsus jamoa şuğullanadi. Jamoa noodatiy marşrutlarni örganadi va har doim ham statistika orqali aniqlab bölmaydigan istiqbolli yönalişlarni izlaydi.

United Airlines rahbarining sözlariga köra, joriy yilda Patrik Kueyl yangi bozorlarning istiqbollarini baholaş maqsadida Qozoğiston va Özbekistonda ham bölgan.

«Hozirça Rossiya havo hududidan foydalaniş imkoniyatiga ega bölmaganimiz sababli u yerga uça olmaymiz. Biroq u [Kueyl] allaqaçon uşbu bozorlarni örganmoqda va ular kelajakda biz uçun qanday imkoniyatlar oçişi mumkinligi ustida boş qotirmoqda. U aynan şunday loyihalar bilan şuğullanadi va uning ajoyib jamoasi bor», - dedi Kirbi.

United Airlines - AQŞ va dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri. Bugungi kunda aviataşuvçi Delta Air Lines va American Airlines bilan bir qatorda Amerika aviakompaniyalarining «katta uçligi» deb ataluvçi röyxatga kiradi.

Aviataşuvçi parkida mingdan ortiq samolyot bor. Aviakompaniya har kuni 4500 ga yaqin reysni amalga oşiradi. Uning yönalişlar tarmoği Şimoliy Amerika, Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyoning 75 ga yaqin mamlakatidagi 350 dan ortiq manzilni qamrab oladi.