25 oktabr kuni bölib ötgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi va uçinçi öqişda körib çiqilib, qabul qilindi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, qonun loyihasi bilan «manfaatlar töqnaşuvi» tuşunçasiga aniq ta’rif berilib, uşbu vaziyat kimlar örtasida va qaçon vujudga kelişi mumkinligi aniq körsatib ötilmoqda.
Şuningdek, davlat taşkiloti xodimlari, ularning yaqin qarindoşlari va ularga aloqador şaxslarning manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilanmoqda. Davlat taşkilotida aniqlangan manfaatlar töqnaşuvi vaziyatlarini hisobga oliş reyestri yuritilişi, manfaatlar töqnaşuviga oid talablarni buzganlik uçun huquqiy oqibatlar nazarda tutilmoqda.
Deputatlar tomonidan muhokamalar davomida asosan qonun loyihasining nomi va hujjatdagi ayrim atamalarga e’tirozlar böldi, bir qança özgartiriş kiritilişi belgilandi.
Şundan söng uçinçi öqişda qabul qilingan qonun loyihasi Senatga yuborilişi belgilandi. Hujjat Senat tomonidan tasdiqlanib, prezident imzolagaç kuçga kiradi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovning ma’lum qilişiça, agentlik ötkazgan örganişlarda davlat xizmatida “minglab manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyganlik holatlari” aniqlangan. Biroq hozirgaça manfaatlar töqnaşuvini tartibga solişning huquqiy asosi yoki unga yöl qöyganlik uçun javobgarlik belgilanmaganligi sababli ularni bartaraf etişda qiyinçiliklar mavjud edi.
“Uşbu qonunning qabul qilinişi davlat idoralarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning bartaraf etilişiga, eng asosiysi - davlat xizmatida taniş-bilişçilik, qarindoş-uruğçilikning oldi olinişiga xizmat qiladi”, deya öz Telegram-kanalida yozdi Akmal Burhonov.









