Asaka tumani Olaqanot mahallasida aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş maqsadida ikkita quduq qaziş rejalaştirilgan. Bir tadbirkor viloyat hokimining oğzaki topşiriği bilan işni boşlagan. Ammo iş yarmiga yetganida tenderda boşqa MÇJ ğoliblikni qölga kiritgan. Buning oqibatida bir yildan buyon suv tortiş işlari qilinmayapti, ikki tadbirkorning kelişa olmayotgani tufayli butun boşli mahalla içimlik suvisiz qolmoqda.

“Mahallamizda 563 ta xonadonda 4113 nafar aholi istiqomat qiladi. Ular bir neça yillardan buyon içimlik suvini sotib oladi yoki 50 metr çuqurlikdan tortib çiqarilgan, iste’molga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanişadi. Köp hollarda esa suvni taşib içadi”, – deydi mahalla raisi Şohjaxon Abduvaliyev.

Ma’lum bölişiça, 2021 yil viloyat hokimi tomonidan oğir hudud deya mazkur mahallada ikkita quduq qaziş va 9,5 km içimlik suvi tarmoğini tortiş topşiriği beriladi. Topşiriqni “Golden Stroy” MÇJ bajara boşlagan. 110 metr çuqurlikda ikkita quduq qazilgan, yangi transformatorlar olib kelingan. Biroq iş oxiriga yetmay qolgan. Sababi, bu loyihani tenderda boşqa MÇJ yutib olgan. Şundan keyin iş çala holatda qolib ketgan.

“Işni viloyat hokimining topşiriği bilan boşlaganman. Tenderda yutib olgan MÇJ bilan kelişişga harakat qildim. Biroq natija bölmadi. Men ham topşiriqni bajariş uçun işni boşlab, suv çiqarganman. Yaxşigina pul sarflab qöyganmiz. Ammo tenderda ğolib bölgan MÇJ kelişişni istamayapti”, – deydi “Golden Stroy” rahbari.

Asaka tumani “Suvoqova” DUK rahbari Husanboy Obidjonovning aytişiça, suv çiqariş uçun dastlab mahalliy budjetdan pul ajratiş rejalaştirilgan. Lekin pul ajratilmagani sabab 2022 yilga qolib ketgan. Tender natijalari esa 2022 yil 10 avgust kuni aniqlangan va unda “Obi hayot quriliş” MÇJ ğolib bölgan.

“Suvta’minoti va oqova suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasi” UK Andijon viloyati hududiy boşqarmasi mutaxassisi Ne’matillo Abdurahmonovning ma’lum qilişiça, boşqarma tenderda ğolib bölgan MÇJ bilan şartnoma tuzgan: