Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatidagi delegatsiyalar rahbarlari majlisida iştirok etdi.

Tadbirda Yevropa kengaşi prezidenti Şarl Mişel, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari Hojamirat Geldimiratov ham qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantiriş, hududlararo aloqalarni kengaytiriş, savdo-iqtisodiy hamkorlik va madaniy-gumanitar almaşinuvni faollaştiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Prezident Şavkat Mirziyov öz nutqida Yangi Özbekistondagi ortga qaytmas tus olgan islohotlarning asosiy ustuvor vazifasi samarali faoliyat körsatadigan bozor mexanizmlariga, yuqori hayot darajasi va qulay turmuş şaroitlariga ega kuçli huquqiy davlatni barpo etişdan iborat ekanini ta’kidladi.

«Biz erişgan muvaffaqiyatlarimiz bilan çeklanmaymiz va yangi özgarişlar kölamini yanada kengaytirişni öz oldimizga maqsad qilib qöyganmiz. Bu örinda gap, avvalo, qonunning sözsiz ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, inson huquqlari va gender tenglikni, söz va e’tiqod erkinligini ta’minlaş haqida bormoqda», - dedi davlat rahbari.

Iqtisodiy sohada bundan buyon ham tadbirkorlar uçun eng qulay şaroitlarni yaratiş, korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşiş, raqobat va innovatsion biznes muhitining rivojlanişini rağbatlantiriş davom ettirilişi qayd etildi.

Yaxşi qöşniçilik va mintaqaviy şeriklikni ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Şavkat Mirziyoyev «birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit vujudga kelgani, bir neça ön yillar mobaynida yiğilib qolgan, hal etilişiga heç kim işonmay qöygan köplab muammolar bir neça yil davomida bartaraf etilgani»ni ta’kidladi.

Bugun vaziyat tubdan özgardi. Vizasiz rejim joriy qilindi, barça ötkaziş punktlari oçildi. Aviaqatnovlar va yer transportida taşişlar köpaydi.

Kooperatsiya aloqalari kuçayib bormoqda, yirik loyihalarni amalga oşiriş uçun investitsiya kompaniyalari va boşqa moliyaviy vositalar faoliyati yölga qöyildi.