Xitoy rahbari Si Jinping AQŞni hamkorlikni kengaytirişga çaqirdi. «Dunyo tinçligini ta’minlaş uçun ikki davlat bir-biri bilan kelişiş yöllarini topişi kerak. Bugun dunyo na tinç, na osoyişta. Qöşma Ştatlar va Xitoy xalqaro barqarorlikni ta’minlaş uçun birgalikda harakat qilişlari kerak», - dedi Xitoy rahbari uşbu mavzudagi nutqida. Uning sözlari Xitoy davlat televideniyesi tomonidan keltirilgan.
Si Jinpingning sözlariga köra, «dunyodagi qudratli davlatlar sifatida Xitoy va Qöşma Ştatlar örtasidagi aloqa va hamkorlikning kuçayişi global barqarorlikni mustahkamlaşga, butun dunyo böylab tinçlik va taraqqiyotga yordam beradi». Xitoy rahbari öz mamlakati «ikki davlatning yangi davrda bir-biri bilan kelişib olişiga imkon beradigan yöllarni izlaşda özaro hurmat va tinç-totuv yaşaş şaroitida Qöşma Ştatlar bilan hamkorlik qilişga» tayyorligini ta’kidladi. Bu nafaqat AQŞ va Xitoyga, balki butun dunyoga foyda keltiradi, dedi Si.
Vaşington va Pekin örtasidagi munosabatlar hozirda Tayvan maqomi va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tufayli juda tarang. Ular Pekin noroziligiga qaramay, AQŞ Kongressi Vakillar palatasi raisi Nensi Pelosi va bir guruh amerikalik kongressmenlarning Tayvanga namoyişkorona taşriflaridan keyin keskin avj oldi. Keyinroq Germaniya Bundestagi deputatlaridan iborat delegatsiya ham Tayvanga taşrif buyurdi.
Xitoy Tayvanni isyonkor provinsiya deb hisoblaydi va uni kerak bölsa, kuç bilan nazorat ostiga oliş bilan tahdid qilmoqda. Qöşma Ştatlar Tayvan mustaqilligini rasman tan olmaydi, biroq ayni paytda unga keng kölamli yordam, jumladan, harbiy yordam körsatadi.












