Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 19 sentabr kuni ötkazilgan “Mamlakatimizning içki va taşqi turizm salohiyatini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi videoselektor yiğilişida turizm sohasini rivojlantiriş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş hamda “Xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4752-sonli qaror ijrosini ta’minlaş maqsadida “Agrobank” ATB tijoriy loyihalarni moliyalaştirib kelmoqda.
Mazkur yönalişda Agrobank tomonidan joriy yilning ötgan davrida 83 mlrd. söm kredit mablaği yönaltirilgan.
Uşbu yönalişda tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat körsatiş sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlariga, ya’ni, turizm, maişiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boşqa talab yuqori bölgan sohalarda faoliyat körsatadigan korxonalarni taşkil etiş (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno) va jihozlaş uçun beriladi.
Qöşimça ma’lumot uçun telefon — 1216
Telegram|Instagram|Facebook|You tube|
Agrobank Matbuot xizmati Ⓣ











