AQŞ Mudofaa vazirligi B83-1 bombasi qurollar röyxatidan çiqarilişiga uni işlatiş çeklanganligi va texnik xizmat körsatiş xarajatlari yuqori ekanligi bilan izoh berdi.

AQŞ Mudofaa vazirligi mamlakat yadro arsenalidagi sönggi megatonnalik qurol bölgan B83-1 termoyadroviy bombasini qurollari röyxatidan çiqarişga qaror qildi. Bu haqda 27 oktyabr, payşanba kuni e’lon qilingan milliy xavfsizlik strategiyasida ma’lumot berildi. 

Pentagonning tuşuntirişiça, taxminan 1,2 megatonna trotil quvvatiga ega B83-1’dan foydalaniş imkoniyati vaqt ötişi bilan kamayib bormoqda va unga texnik xizmat körsatiş tobora köproq mablağ talab qilyapti. B83-1 bombasi 1983 yildan beri qurollar röyxatida turibdi hamda Kaliforniya universitetining Livermor laboratoriyasida işlab çiqilgan. Umuman olganda, Qöşma Ştatlar uşbu bombalarning 650 tasini işlab çiqarişga muvaffaq böldi. Vaşingtonning yangi milliy strategiyasi maqsadlaridan biri yadro qurolining mamlakat mudofaasidagi rolini kamaytirişdir.

Hozirda Pentagon Xitoyni «AQŞ milliy xavfsizligiga eng jiddiy tahdid» va «strategik raqobatçi» sifatida körmoqda, Rossiyaga esa «ötkir tahdid» sifatida qaralmoqda. «Xitoydan farqli ölaroq, Rossiya uzoq muddatda AQŞga tizimli ravişda e’tiroz bildira olmaydi. Lekin Rossiya agressiyasi bizning manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga töğridan töğri hamda keskin tahdiddir», - dedi AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin. Qöşma Ştatlar belgilangan muddatdan bir neça oy oldin NATOning Yevropadagi bazalariga yangilangan B61-12 termoyadro bombalarini yuboradi. Alyans Rossiyadan yadroviy zarba beriş tahdidi ostida maşğulotlar ötkazmoqda.