AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligining (CENTCOM) Yaqin Şarqdagi rahbari, admiral Bred Kuper prezident Donald Trampga Eronga qarşi harbiy harakatlar variantlarini taqdim etdi. Bu haqda The Wall Street Journal öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, uçraşuv Oq uyda bölib ötgan. Muhokamada, şuningdek, uruş vaziri Pit Hegset va Qurolli kuçlar boş ştab boşliqlari qömitasi raisi, general Den Keyn ham iştirok etgan. Tomonlar harbiy harakatlarni boşlaş variantlarini muhokama qilişgan.

Gazetaning yozişiça, Kuperning Tramp huzuriga şaxsan taşrif buyurgani AQŞ Eronga qarşi keng kölamli harbiy amaliyot boşlaş masalasini tobora jiddiy körib çiqayotganidan dalolat berişi mumkin.

Avvalroq WSJ Vaşington Fors körfazidagi qator mamlakatlarni Eronga qarşi «qisqa muddatli va jadal harbiy kampaniya»ga tayyorgarlik köriş zarurligi haqida ogohlantirgani töğrisida xabar bergandi. Gap Kongressga oraliq saylovlar ötkazilganidan keyingi davr haqida bormoqda.

Öz navbatida, Eron ikki hafta oldin yangi ogohlantiriş bilan çiqib, agar AQŞ yoki Isroil Eronga yana hujum qilsa, Tehron mintaqadagi Amerika manfaatlariga aloqador infratuzilma obyektlariga zarba berişi mumkinligini maʼlum qilgandi.