Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Vaşington örtasidagi siyosiy ziddiyatlarga qaramay, Rossiya past orbitali sunʼiy yöldoşlar guruhi masalasida SpaceX rahbari Ilon Mask hamda boşqa amerikalik hamkorlar bilan aloqani saqlab turganini bildirdi. Bu haqda u 28-oktabr kuni Moskvada ötayotgan Rossiya - Afrika sammitidagi körgazmani közdan keçiriş çoğida aytib ötdi, deb xabar berdi TASS.
Putin Maskni «haqiqatan ham daho» inson deb atadi. U şunday dedi:
«Biz amerikalik hamkorlar, jumladan, janob Mask bilan yaqin aloqadamiz, zero orbitada bir-birimizga xalaqit bermaslik, muayyan intizom va tartibga rioya qiliş juda muhim».
Putinning sözlariga köra, Rossiya «barça siyosiy masalalarga qaramay» uşbu hamkorlikni qadrlaydi va Starlink’ning muqobilini yaratayotganidan faxrlanadi.
Gap Putin Rossiyaning bu sohadagi ilk qadami deb atagan «Rassvet» tizimi haqida bormoqda. Keng polosali internet uçun möljallangan uşbu sunʼiy yöldoşlar guruhini «Byuro 1440» kompaniyasi işlab çiqmoqda. Kompaniya dastlabki 16 ta seriyali sunʼiy yöldoşni mart oyida, ikkinçi turkumni esa iyulda orbitaga olib çiqqan edi. Xizmatni tijoriy maqsadda işga tuşiriş kelasi yilga rejalaştirilgan bölib, 2035-yilga borib sunʼiy yöldoşlar soni 900 tadan oşişi kerak.
Şu oyning boşida Volodimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyaning raketa va dron hujumlarini qaytarişda yordam berayotgan Starlink tarmoğiga ulaniş çeklangani uçun javobgarlikni Mask va Donald Trampning zimmasiga yuklagan edi. Tramp internet tezligini pasaytirişga buyruq berganini rad etdi, Mask esa Ukrainani tarmoqdan dronlar yordamida hujumkor zarbalar berişda foydalangani uçun xizmat qoidalarini buzganlikda aybladi. 24-oktabr kuni Kiev çeklovlar olib taşlanganini maʼlum qildi. The Wall Street Journal maʼlumotlariga köra, bundan avval Tramp Maskdan uşbu çeklovlarni bekor qilişni söragan.

















