Özbekistonda Chevrolet Onix avtomobilining 1 noyabrdan sotuvga çiqişi haqida ma’lumotlar paydo böldi. Bu haqda Kurbanoff.net Telegram-kanali muallifi yozmoqda.

“Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga köra, 90 ot kuçiga ega, 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisi hamda pölat ğildiraklar bilan jihozlangan Chevrolet Onix'ning eng oddiy pozitsiyasi narxi 150 million söm atrofida böladi.

Şuningdek, asosiy komplektatsiyaga galogenli faralar, kunduzgi LED çiroqlari va orqa çiroqlar, 2 ta xavfsizlik yostiqçasi, ESC barqarorlik tizimi, blokirovkaga qarşi ABS tormoz tizimi, radiomagnitola va konditsioner kiradi”, deb yozadi kanal muallifi.

Chevrolet Onix quyidagi pozitsiyalarda sotuvga çiqişi kutilmoqda:

  • Onix 1.2 MT LS;

  • Onix 1.2 MT 1LT;

  • Onix 1.2T MT 3LT;

  • Onix 1.2T AT 4LT;

  • Onix 1.2T AT Premier;

  • Onix 1.2T AT Premier II.

“Özavtosanoat” AJ matbuot xizmati Chevrolet Onix uçun 1 noyabrdan şartnoma beriş boşlanişi haqidagi xabarlarni Kun.uz'ga tasdiqlamadi, şu bilan birga inkor ham etmadi.

Avvalroq, oktabr oyidan boşlab Chevrolet Onix avtomobillari uçun şartnomalar beriş boşlanişi xabar qilinib, şartnoma tuzganlar 2023 yilning dastlabki oylarida öz avtomobillariga ega bölişlari mumkinligi aytilgandi.

Ötgan yili UzAuto Motors Chevrolet Onix 9 mingdan 12 ming dollargaça bahoda sotuvga çiqarilişini ma’lum qilgandi.