Germaniya qurolli kuçlari (Bundesver) uçuvçisiz uçiş apparatlari va raketalardan himoya qiliş uçun lazer qurollarining ilk sinovlarini ötkazdi. 27 oktyabr, payşanba kuni Bundesverning Uskunalar, axborot texnologiyalari va qöllab-quvvatlaş böyiça federal idorasi (BAAINBw) xabariga köra, Saksoniya fregatida ötkazilgan sinovlar harakatlanuvçi nişonlarni «jangovar şaroitlarda muvaffaqiyatli bartaraf etiş» mumkinligini isbotladi. Uning sözlariga köra, sinovlar mamlakat harbiy-dengiz kuçlari uçun operativ lazerli qurollar tizimini rivojlantirişga asos böladi.
Uskuna yuk taşiş konteyneriga örnatilgan bölib, maqsadni aniqlaş va ma’lumotlarni qayta işlaş tizimlarini, şuningdek, lazerni öz içiga oladi. Bölajak tizim özining imkoniyatlaridan kelib çiqib, ayniqsa kiçik va harakatlanuvçi nişonlar bilan kuraşiş uçun mos keladi, deya ta’kidladi bölim. Bundan taşqari, minomyot snaryadlari va boşqariladigan raketalardan himoya qiliş mumkin, dedi BAAINBw vakillari.
Loyihani amalga oşirişda Yevropaning MBDA mudofaa kompaniyasi va Germaniyaning Rheinmetall muhandislik konserni iştirok etdi. Ularga köra, avgust oyi oxirida Şlezvig-Golşteyndagi Bundesver poligoni yaqinida dengizda ötkazilgan sinovlarda tizim yaqin masofadan dronlarga qarşi kuraşda özini muvaffaqiyatli isbotlagan. Keyingi sinovlar 2023 yilning örtalariga qadar ötkaziladi.
Dpa agentligining qayd etişiça, sönggi yillarda Bundesver dronlardan himoyalanişga tayyor emasligi aniqlangan. Germaniya federal hukumati harbiylarning ogohlantirişlariga va boşqa mamlakatlar erişgan yutuqlarga qaramay, yillar davomida bu masalani e’tiborsiz qoldirdi.











