Mazkur anjuman Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 7 iyuldagi “Neft va gaz sohasida ta’lim-işlab çiqariş klasterini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-309-sonli qarori hamda “Özbekneftgaz” AJ Neft va gaz sohasida ta’lim-işlab çiqariş klasterini faoliyatini muvofiqlaştiruvçi kengaşi yiğilişida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkil etildi.

Unda Respublikaning 15 tadan ortiq Oliy ta’lim va ilmiy tekşiriş institutlaridan 100 tadan ortiq yoş olimlar va mutaxassislar qatnaşişdi.

Anjumanni “Özbekneftgaz” AJ Boşqaruv raisi Mehriddin Abdullayev kiriş sözi bilan oçib berdi hamda neft va gaz sanoatini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlaş, mazkur sohada ta’lim, ilm-fan va işlab çiqariş örtasida özaro integratsiyani yölga qöyiş, ilm-fan yutuqlarini işlab çiqarişga töğridan töğri tatbiq qiliş bugungi kungi eng asosiy vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Ta’lim va ilmiy-izlaniş taşkilotlari rahbar hamda mutaxassislari, talaba va izlanuvçilar, yana bir tomondan esa işlab çiqariş korxonalari mutaxassislari bir jamoa bölib bu anjumanda iştirok etayotganining özi dastlabki yutuq deb bilaman, deb ta’kidladi Mehriddin Abdullayev.

Bugungi anjumanning maqsadi – neft va gaz sohasida har uç tomon, ya’ni Hukumat, ta’lim, ilm-fan sohasi va işlab çiqariş korxonalari örtasida özaro integratsiyani yölga qöyiş, har tomonlama aloqalarni rivojlantiriş, neft va gaz işlab çiqariş jarayonlarini takomillaştiriş böyiça innovatsion texnologiyalar bilan tanişiş, şuningdek boşqa dolzarb mavzular böyiça muhokamalar ötkaziş uçun yagona maydon yaratişdir.

Yuqorida qayd etilgan qarorda belgilangan vazifalarning bajarilişini ta’minlaş maqsadida bugungi kunda “Özbekneftgaz” jamiyatining 3 ta işlab çiqariş korxonalari, 6 ta ta’lim taşkiloti va 4 ta ilmiy-tadqiqot va malaka oşiriş muassasalaridan iborat Neft va gaz sohasidagi ta’lim-işlab çiqariş klasteri taşkil etildi.

Oliy ta’lim taşkilotlarining öquv jarayonlariga işlab çiqariş korxonalarining 20 nafar malakali va tajribali mutaxassislari jalb qilindi, 1318 nafar talaba hamda 48 nafar professor-öqituvçilar va ilmiy xodimlar işlab çiqariş korxonalarida amaliyot va stajirovka ötişi taşkil etildi, 27 nafar iqtidorli talabalari uçun işlab çiqariş korxonalari stipendiyalari joriy etildi.