Ma’lum bölişiça, voyaga yetmagan R.A. BAAga onasi bilan birga borgan. Uşbu ayol BAAda bölib turiş qoidalarini muntazam buzgani sababli mamlakatdan çiqarib yuborilgan. Biroq tegişli hujjatlardagi muammolar sababli uning voyaga yetmagan farzandining BAAdan çiqib ketişida tösiqlar yuzaga kelgan.

Mamlakat Abu-Dabidagi elçixonasi va Dubay şahridagi Boş konsulxonasiga uşbu masala böyiça qilingan murojaat nazoratga olindi. BAA tegişli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida yuzaga kelgan barça muammolar bartaraf etildi va voyaga yetmagan bola «Dubay-Samarqand» aviaqatnovi bilan Özbekistonga qaytarildi.

Uşbu fuqaroni Özbekistonga jönatiş bilan boğliq barça xarajatlar Boş konsulxona va Dubayda tadbirkorlik bilan şuğullanayotgan vatandoşlar tomonidan töliq qoplab berildi.

Özbekiston diplomatik missiyalari BAAga safar qilayotgan vatandoşlarni mezbon davlat qonunlari bilan batafsil tanişiş va uşbu mamlakatda bölib turiş böyiça joriy qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga qat’iy rioya qilişga çaqirgan.