Ijtimoiy tarmoqlarda 2022 yil 18 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi Bandixon tuman hokimligiga “Skoda Kodiaq Ambition” rusumli xizmat maşinasini xarid qiliş uçun 429 mln söm ötkaziş töğrisida 23-8-0-F/22-sonli farmoyişni imzolagani haqida xabarlar tarqaldi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan mazkur farmoyiş örganilgan. Örganiş davomida Bandixon tumani hokimligiga sotib olinişi rejalaştirilgan xizmat maşinasining narxi hukumat qarorida belgilangan me’yorlarga zid bölgani aniqlangan.
Şu munosabat bilan Agentlik viloyat hokimligiga tegişli farmoyişini bekor qiliş yuzasidan taqdimnoma kiritilgan hamda mazkur farmoyiş bekor qilingan.
Avvalroq, Qaşqadaryo viloyati hokimining Çiroqçi tumani hokimligi moddiy-texnika bazasini qöllab-quvvatlaş töğrisida qarori qabul qilingandi.
Qarorga köra, viloyat hokimligi balansidagi, 2018 yilda işlab çiqarilgan Captiva-4 xizmat maşinasi belgilangan tartibda viloyat hokimligi balansidan Çiroqçi tumani hokimligi balansiga beğaraz tartibda ötkazib berilgandi.
Ma’lumot uçun, hukumat qarori bilan belgilangan me’yorlarga köra, tuman va şahar hokimliklarining rahbarlariga sotib olişga ruxsat etilgan xizmat avtotransportining eng yuqori narxi BHMga nisbatan 1000 barobari (300 mln söm), rahbar örinbosarlariga esa bazaviy hisoblaş miqdoriga nisbatan 700 barobari (210 mln söm) etib belgilangan.








