Yiğilişda qayd etilişiça, buning uçun hudud va tarmoq xarajatlarini 10 trillion sömga qisqartiriş talab etiladi. Prezident yil yakuniga qadar barça hokimlik, vazirlik va idoralarga:

  • moliyaviy manbasi aniq bölmagan qurilişlarni boşlaş;
  • bino ta’mirlaş, avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qiliş kabi qöşimça xarajatlarni amalga oşirişni qat’iyan taqiqlagan.

Boş prokuraturaga budjet taşkilotlarida uşbu xarajatlarning oldini oliş ustidan tizimli nazorat örnatiş va viloyat kesimida har hafta prezidentga axborot beriş topşirilgan.

«Bu – mablağlar olib qöyiladi, degani emas. Barça iqtisod qilingan mablağlar uşbu hudud va tarmoqning rivojlantiriş dasturiga yönaltiriladi», degan Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, hudud va tarmoqlar rahbarlariga 2022 yil 1 apreldan boşlab davlat dasturlaridan taşqari budjetdan ssuda beriş va banklarga depozit qöyişni töxtatişga topşiriq berildi.

Har bir tarmoq va hudud rahbari bugundanoq aniq hisob-kitob qilib, uç kun muddatda öz rejalarini işlab çiqişi kerakligi körsatib ötildi.

Soliq va Bojxona qömitalariga tuşumlarni ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi. 

Bundan taşqari, ötgan haftada 1,5 mingdan ziyod davlat mulkini savdoga çiqariş böyiça imzolangan Prezident qarori ijrosini ta’minlaş bilan boğliq vazifalar belgilab berildi.

Masalan, 2022 yil 1 mayga qadar 50 mingta (4,5 ming gektar) yer uçastkalarini savdoga çiqariş nazarda tutilgan. Biroq, Samarqandda hozirgi kungaça bor-yöği 6 ta yer uçastkasi elektron savdolarga qöyilgan. Qolgan hududlarda esa bironta yer uçastkasi savdoga çiqarilmagan. 

Ikki hafta muddatda uşbu yerlarni töliq auksionga çiqarib, 1 iyulga qadar ularning kamida 50 foizi sotilişini ta’minlaş vazifasi qöyildi.