ANORBANK Özbekistondagi ilk milliy raqamli bank sifatida 2 yildan oşiq vaqt mobaynida mamlakatimiz moliya bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Bank moliyaviy körsatkiçlari va mijozlar sonining oşişi mahsulot va xizmatlar mijozlarga ma’qul kelayotganidan dalolat beradi.
ANORBANK raqamli bank sifatida boşqa tijorat banklari, şuningdek, IT-banklar va fintex kompaniyalar orasida birinçilardan bölib bank xizmatlarini töliq raqamlaştirdi: hususan mijozlarni identifikatsiya qilişdan tortib, barça bank mahsulotlarini masofadan turib oliş imkoniyatini yaratdi.

Ötgan qisqa davr içida ANORBANK:
- xususiy banklar orasida aktivlarning ösiş körsatkiçlari böyiça 2- örinni (178%);
- xususiy banklar orasida muomaladagi kartalar soni böyiça 3- örinni;
- bank mobil ilovasini yuklab oliş böyiça Özbekistonda eng yuqori örinlardan birini (3 mln dan ortiq) egalladi.
ANORBANK mobil ilovasi Play Market ilovalar portalida 4,7 bahoga ega bölib, bank mobil ilovalari içida eng yuqori körsatkiçdir.
Bankning asosiy missiyasi - yaşirin iqtisodiyotdagi mavjud pul aylanmasini bank sektoriga olib ötişdan iborat.
Anorbank özining kredit mahsulotlari bilan qora norasmiy bozor (norasmiy kredit jamoalari) bilan raqobatlaşişni maqsad qilgan.
Şuningdek, bank fuqarolar uçun bank xizmatlaridan keçayu kunduz erkin va oson foydalaniş imkoniyatini yaratiş ustida işlamoqda. Şu jumladan, hisob raqamlari, bank kartalari va depozitlaridagi mablağlar hamda qarz mablağlardan (bular mikrokreditlar, bölib tölaş xizmatidan, overdraftlardan), şuningdek, barça turdagi moliyaviy va tölov operatsiyalaridan çeklovlarsiz 24/7 formatda foydalanişni yölga qöyiş közda tutilmoqda.

Ta’kidlaş joizki, axborot texnologiyalari soat sayin rivojlanib borayotgan, kiber hujumlar, internet orqali firibgarlik qiliş holatlari avj olayotgan bugungi kunda mijozlar va ularning şaxsiy ma’lumotlarini himoya qiliş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iste’molçilar uçun raqamli xizmatlar xavfsizligi borasida ANORBANK öz strategiyasini işlab çiqqan.














