«Mengtyan» laboratoriya moduli Xitoyning «Tiangong» orbital stansiyasining «Tyanxe» bazaviy moduli bilan muvaffaqiyatli tutaşdi. Bu haqda 1 noyabr, seşanba kuni Xinhua agentligi Xitoyning boşqariladigan kosmik parvozlar dasturi ma’muriyati (CMSA)ga tayanib xabar berdi.

Unga köra, «Tyanxe» oldingi portiga tutaşiş 1 noyabr kuni Pekin vaqti bilan soat 04.27 da (Toşkent vaqti bilan 01.27) amalga oşirilgan. Umuman olganda, yaqinlaşiş va tutaşiş jarayoni taxminan 13 soat davom etdi.

«Ventian» va «Mengtyan» laboratoriya modullari asosiy «Tyanxe» bilan birgalikda T harfi şaklida kosmik stansiyaning bazaviy konfiguratsiyasini taşkil etdi.

«Ventian», şuningdek, boşqa modulda muammolar yuzaga kelgan taqdirda zaxira bazasi bölib xizmat qiladi.

«Tyanxe» 2021 yil aprelidan beri koinotda. Stansiya Yerga yaqin orbitada taxminan ön yil işlaşi kerak. U 2022 yil oxirigaça töliq işga tuşadi.

Xitoy Oyda baza quriş niyatida va 2030 yilgaça u yerga taykonavtlarni yuborişni rejalaştirmoqda. XXR Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) missiyalar dasturida qatnaşmaydi.