Yangi turni Yuysi qişloq xöjaligi kasb-texnika kolleji va Nançan universiteti mutaxassislari Yunnan provinsiyasidagi ğorni örganiş vaqtida aniqlagan. Tadqiqot natijalari Subterranean Biology ilmiy jurnalida eʼlon qilingan.
Mollyuskaga qadimgi Xitoy mifologiyasidagi toğlar homiysi Di Szyan şarafiga Erhaia dijiang nomi berilgan. Afsonalarda Di Szyan yuzsiz mavjudot sifatida tasvirlangan.
Şilliqqurtlar dengiz sathidan 2062 metr balandlikda topilgan. Bu Erhaiidae oilasiga mansub ğor şilliqqurtlari uçun hozirgaça qayd etilgan eng baland yaşaş hududidir. Topilma çuçuk suv şilliqqurtlari ikki kilometrdan balanddagi ğor tizimlarida ham yaşay olişini körsatdi.
Mitti mollyuskalar yerosti muhitiga töliq moslaşgan. Ularning köriş aʼzolari butunlay yöqolgan, tanasida esa rang beruvçi pigmentlar mavjud emas. Çiğanoği kiçik, konussimon, yupqa va yarim şaffof. Boş qismidagi ingiçka, sezgir paypaslagiçlar atrofni sezişga yordam beradi.
Laboratoriya kuzatuvlarida şilliqqurtlarning yoruğlikdan qoçişi aniqlangan. Yoritilganda ular toşlar ostidagi qoronği tirqişlarga yaşirinişga harakat qilgan.
Tabiiy muhitda bu jonzotlar ğor içidagi sayoz suvlarda, suv tubidagi şağal va mayda toşlar orasida yaşaydi. Ular uçraydigan joylarda suv çuqurligi bir metrga yetmaydi, harorati esa taxminan 20 daraja atrofida saqlanadi.
Yomğirli mavsumda kuçaygan suv oqimi baʼzi şilliqqurtlarni ğordan taşqariga olib çiqişi mumkin. Tadqiqotçilar taşqariga oqib çiqqan namunalarni ğor oğzidan ikki metrgaça bölgan masofada topgan. Ğor yaqinidagi oçiq suv oqimlarida esa bu tur vakillari aniqlanmagan.
Laboratoriyada ular toşlar yuzasida ösadigan mikroskopik suvötlari bilan oziqlangan. Şuningdek, tadqiqotçilar bergan oddiy baliq yemini ham isteʼmol qilgan.
Kaşfiyot Şarqiy Osiyoning kam örganilgan yerosti hayvonot dunyosini tadqiq etiş uçun muhim ahamiyatga ega. Biroq yangi turning holati olimlarni jiddiy xavotirga solmoqda.
Dastlabki dala tadqiqotlarida atigi uçta tirik voyaga yetgan şilliqqurt va bitta böş çiğanoq topilgan. Yoş şilliqqurtlar esa uçramagan. Turning umumiy soni va tarqaliş hududini aniqlaş uçun qöşimça izlanişlar zarur.
Şu sababli tadqiqotçilar mintaqadagi boşqa ğor tizimlarini ham örganişga çaqirmoqda. Ular bu nozik va çeklangan muhitga moslaşgan mollyuskalarni asrab qoliş uçun maxsus muhofaza çoralarini işlab çiqiş zarurligini taʼkidlagan.

















