Britaniyaning Collins English Dictionary luğati 2022 yilning eng asosiy sözi «permainqiroz» (permacrisis) ekanini ma’lum qildi. U permanent crisis (permanent inqiroz) sözlari birikmasidan iborat.
Luğatning tuşuntirişiça, «permainqiroz» beqarorlikning uzoq davri va bexatarlik hissining yöqligini anglatadi.
Mualliflar fikriga köra, bu söz bilan pandemiya, ob-havo şaroitining oğir kelişi, Ukrainadagi mojaro, 2022 yildagi boşqa dahşatli voqealarni izohlaş mumkin.
«Permainqiroz» 2022 yilga ta’rif berişda işlatilişi mumkin bölgan 10 ta söz orasidan tanlab olingan.
Röyxatga «patigeyt» («partygate», Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonsonning 2020 yilda, pandemiya davridagi lokdaunda taşkil etgan ziyofatlari bilan boğliq mojaro), «Kiyev», «iliq maskan» («warm bank», energiya qiymati oşib borayotgan şaroitda, qişda isinib oliş mumkin bölgan ommaviy bino), «tinçgina ketiş» («quiet quitting», karerizmdan voz keçiş va iş vaqtidan taşqari mehnat bilan şuğullanmaslik), «uzala tuşib yotmoq» («splooting», issiq havoda qöl-oyoqni uzatib, salqin joyda yotiş), «sportni yuviş» («sporswashing», öz obrösini yaxşilaş yoki siyosatidan çalğitiş maqsadida sport musobaqalaridan foydalaniş, Qatardagi jahon çempionatidan oldin dolzarb) va boşqa sözlar kiritilgan.
Röyxatni tuzuvçilar uşbu sözlar hozirgi vaqtda dunyoning holatini anglatişini ta’kidlamoqda.
Bir yil oldin Collins English Dictionary luğati NFT (non-fungible token, almaştirib bölmaydigan token) abbreviaturasini 2021 yilning eng asosiy sözi deb e’lon qilgan edi.







