1 noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy taşrif bilan bölib turgan Germaniya federal taşqi işlar vaziri Annalena Berbok boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uçraşuvda Özbekiston va Germaniya örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Ikki mamlakat taşqi siyosiy idoralari darajasida sermahsul almaşinuvlarni davom ettiriş, birgalikdagi işbilarmonlik taşabbuslari va biznes loyihalarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini samarali işga soliş, madaniy-gumanitar tadbirlarni ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.
Özaro savdo va investitsiya körsatkiçlari ösayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boşidan tovar ayirboşlaş 45 foizga oşdi. Jalb etilgan investitsiyalar hajmi joriy yil yakuniga borib 1 milliard yevrogaça böladi. Xususan, bugungi kunda Özbekistonda Germaniyaning 200 dan ortiq yetakçi kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Bundan taşqari, moliyaviy-texnik hamkorlik, şu jumladan «KfW» banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati iştirokida kengayib bormoqda.

Taşqi siyosiy idora rahbari Annalena Berbok Yangi Özbekistondagi demokratik yangilanişlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi Germaniya tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanayotganini yana bir bor qayd etdi.

Tomonlar “yaşil” iqtisodiyot, muqobil energetika, innovatsiyalar, resursni tejovçi va ekologik toza texnologiyalarni qöllaş, ilğor ta’lim metodikalarini joriy qiliş kabi ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.













