Foto: Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 3 noyabr kuni Bişkekda Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov va Qirğiziston taşqi işlar vaziri Jyeyenbek Kulubayev bir neçta xalqaro kelişuvlarni imzoladi.

Özbekiston TIV axborotiga köra, tomonlar Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasining ayrim uçastkalari töğrisidagi şartnoma va Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisida bitim tuzgan.

Bundan taşqari, Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi va Qirğiziston Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati örtasida suv xöjaligi masalalari böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim va boşqalar ham imzolangan.

Foto: Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati

Uçraşuv çoğida prezident Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga böladigan davlat taşrifiga tayyorgarlik köriş masalasi ham muhokama qilingan.

Suv omboridan foydalaniş haqidagi munozaralar 1983 yilda, u qurilganidan beri davom etayotgandi – öşa paytda u Kampir-Rovot deb nomlangan.