Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15-16 noyabr kunlari bölib ötadigan G20 sammitiga tayyorgarlik haqida ma’lum qildi. Biroq, uning sözlariga köra, agar u yerda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bölsa, sammitga bormaydi.
«Şaxsan özimning va Ukrainaning pozitsiyasi şundan iboratki, agar Rossiya Federatsiyasi rahbari iştirok etsa, Ukraina qatnaşmaydi», dedi Zelenskiy.
Rossiya, Ukrainadan farqli ölaroq, G20 a’zosi hisoblanadi. Avvalroq, Ukraina rahbari Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan sammitga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan edi. Vladimir Zelenskiyning sözlariga köra, u indoneziyalik hamkasbidan yiğilişga taklifnoma olgan.
Şuningdek, Joko Vidodo Putinni ham sammitga taklif qildi. Biroq 31 oktyabr kuni Rossiya prezidenti yiğilişda iştirok etiş borasida hali bir qarorga kelmaganini ma’lum qildi. 27 oktyabr kuni u G20 yiğilişida Rossiya iştirok etişini, biroq özi bormasligi mumkinligini aytdi.
2 noyabr kuni Indoneziya rahbari uç davlat vakillari G20 sammitida iştirok etişini tasdiqlamaganini ma’lum qildi. Joko Vidodo ular qaysi davlat ekanini aytmadi.
G20 — iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan yirik mamlakatlarni, jumladan AQŞ, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Xitoy, Rossiyani birlaştirgan taşkilotdir. Ukraina G20 taşkilotiga a’zo emas. 30 oktyabr kuni Zelenskiy Moskvaning don bitimidagi iştirokini töxtatgani uçun Rossiya Federatsiyasini taşkilotdan çiqarişni taklif qilgan edi.









