«Hozirça bizning himoyaçilarimiz şahar çetida. Juda oz qoldi - kirişni boşlayapmiz. Lekin maxsus bölinmalar allaqaçon şaharda», - dedi Zelenskiy vatandoşlariga videomurojaatida.
Uning qöşimça qilişiça, Xerson aholisi bosqinçilarning barça tahdidlari, qatağonlari va zöravonliklariga qaramay, Ukraina bayroqlarini asrab yurgan va Ukrainaga işongan.
«Ukrainaga bölgan umid doimo oqlanadi - Ukraina har doim özinikini qaytaradi», dedi davlat rahbari.
«Himoyaçilarimiz tomonidan ozod qilingan boşqa barça şaharlarda ham şunday bölgan. Bizning qaytişimizni kutayotgan şaharlarda ham şunday böladi», deb va’da berdi u.
Ukrainaga keng kölamli bosqinning boşidanoq rus qöşinlari Xerson viloyatiga kirib, uning deyarli barça hududini asta-sekin egallab olişni boşladilar. Ukraina mart oyi boşida Xerson ustidan nazoratni yöqotdi. Şundan söng rossiyaliklar okkupatsion «ma’muriyati»ni tuzdi, mahalliy aholini, jumladan siyosatçilar, jurnalistlar va faollarni öğirlab ketişdi, şuningdek, rus rubllarini muomalaga kiritişga harakat qilişdi.
Sentabr oyi oxirida, «referendum» deb atalgan jarayondan söng, Moskva Xerson, şuningdek, Donetsk, Luhansk va Zaporijjya viloyatlarini annexia qilganini e’lon qildi. Ukraina Qurolli kuçlarining qarşi hujumi fonida rus qöşinlari Dniproning çap qirğoğiga çekinişga majbur bölişdi.













