Toşkentdagi tarixiy “Eski jöva” bozorida Markaziy Osiyoda yagona “Chorsu gold center” oçiliş arafasida. Sifatli zargarlik buyumlari va sovğalarni xarid qiliş mumkin böladigan markaz ham xaridorlarga, ham tadbirkorlarga qulay taklif va imkoniyatlar berişi bilan ahamiyatli.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2021 yil fevral oyida imzolagan “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida hunarmandlarga bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, Toşkentdagi “Eski jöva” bozorida oçilayotgan Chorsu gold center şu maqsadda işga tuşirilmoqda.

Foto: Chorsu gold center

Tarixiy manzildagi qimmatbaho buyumlar markazi

Eski jöva tarixdan mintaqaning eng qaynoq nuqtasi bölgan. Özbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri, Toşkent şahrining “eski şahar”ida joylaşgan manzil örta asrlarda ma’lum bölgan va “Buyuk ipak yöli”da katta ahamiyatga ega edi. Gavjum bozor bugungi kunga qadar ham öz ahamiyatini yöqotmay kelmoqda.

Hududning takrorlanmas arxitekturasi, ayniqsa moviy gumbazlar sayyohlarni öziga jalb etib keladi. Endi bu bozorga keliş uçun yana bir jiddiy sabab paydo böldi : Çorsuning ikki moviy gumbazlari ostida, sobiq NBU binosi örnida Markaziy Osiyoda yagona “Chorsu gold center” öz faoliyatini boşlamoqda. Sifatli zargarlik buyumlari va sovğalarni xarid qiliş mumkin böladigan markaz ham xaridorlarga, ham tadbirkorlarga qulay taklif va imkoniyatlar berişi bilan ahamiyatli.

Foto: Chorsu gold center

“Chorsu gold center”da sizni nimalar kutadi?

8 ming kv.metrdan ortiq maydonni egallagan “Chorsu gold center”ning 1-qavatida 105 ta dökon mavjud bölib, mulkdorlarga kadastr hujjatlari rasmiylaştirib beriladi. Dökonlarning katta qismi taniqli brendlar tomonidan sotib olingan. Markazning 1-qavatida sotuvda bor-yöği 5ta dökon qoldi. 2-qavatda hajmi 18 kv.m dan 52 kv.m gaça bölgan jami 56 ta dökon mavjud. Bu dökonlar ijara uçun möljallangan.