Yöl harakati xavfsizligi xizmati ijtimoiy tarmoqlarda ekostikerlar böyiça tarqalgan xabarlar böyiça munosabat bildirdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «1-yanvardan boşlab ekostiker olmagan haydovçilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima qöllaniladi» hamda «ekostiker pullik böladi» mazmunidagi xabarlar tarqalgandi.

Yöl harakati xavfsizligi xizmatining maʼlum qilişiça, mazkur xabarlarni tasdiqlovçi qonuniy asoslar mavjud emas.

«Yöl harakati xavfsizligiga oid maʼlumotlarni faqat vakolatli idoralarning rasmiy sahifalaridan olişingizni söraymiz», deyiladi rasmiy munosabatda.