Prezidentning “Yirik maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Qarorda 2023 yil 1 martga qadar biznes uçun barça şaroit va infratuzilmaga ega har bir viloyatda 100 tadan korxonalar uçun yirik maxsus iqtisodiy zonalarni taşkil etiş çoralarini köriş közda tutilgan.
Quyidagilar yirik maxsus iqtisodiy zonalar asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib belgilanadi:
- taşqi bozorlarda talab etilayotgan va import örnini bosuvçi, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlar işlab çiqariş böyiça zamonaviy işlab çiqarişlarni taşkil qiliş uçun töğridan töğri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etiş;
- viloyat işlab çiqariş va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanişni ta’minlaş;
- mahalliy xomaşyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini örnatiş hamda maxsus iqtisodiy zona iştirokçilari örtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş jarayonlarini çuqurlaştiriş;
- viloyat işlab çiqariş va resurs salohiyatidan samarali foydalaniş asosida qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişni kengaytiriş, qayta işlaşni çuqurlaştiriş va ularning eksport hajmini oşiriş;
- logistika xizmatlari körsatiş zamonaviy infratuzilmasini şakllantiriş, sanoat sohasidagi işlab çiqariş sub’yektlariga ular tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlar eksportini taşkil etişda kömaklaşiş;
- işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş va markirovka qiliş böyiça xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-işlab çiqariş markazlarini taşkil etiş va ularning xulosalari xalqaro darajada e’tirof etilişini ta’minlaş çora-tadbirlarini amalga oşiriş;
- maxsus iqtisodiy zonalar soha kadrlariga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib çiqib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşni taşkil etiş, ularning maxsus iqtisodiy zonalarda joylaşgan hududdagi taşkilotlarda işlab çiqariş amaliyotini ötaşida qatnaşiş.
Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayevning ma’lum qilişiça, joylarda sanoat, qişloq xöjaligi, farmatsevtika va turizmga ixtisoslaşgan 22 ta maxsus iqtisodiy zonalar barpo etilgan.
Mazkur zonalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar 10 yilgaça mol-mulk, yer, suv resurslaridan va foyda soliqlaridan ozod qilinadi.
“Biz uşbu yönalişda mintaqadagi eng ilğorlardan böliş uçun bu kabi şaroitlarni takomillaştirişni hamda şu orqali yangi investorlarni keng jalb qiliş uçun yanada qulay muhit barpo etişni davom ettiramiz”, deya ta’kidlagan Xöjayev.
Zona iştirokçilari tölamaydigan soliq yuki boşqalarning yelkasiga tuşadimi?
Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, maxsus iqtisodiy zonalar imtiyoz undiradigan vositaga aylanib qolgan.
“Yirik biznes uçun hukumatdan individual imtiyoz undiriş tannarxni kamaytiriş yoki bozordagi raqobat kuraşi orqali natijaga erişişdan köra osonroq. Maxsus iqtisodiy zonalar va ularning rezidentlari töliq inventarizatsiya qilinişi zarur. Imtiyozlar qiymatini va natijalarini ölçaydigan vaqt keldi. Davlat işlab çiqariş yo işçi örinlar yaratiş bilan emas, infratuzilma va raqobat muhitini yaratiş bilan şuğullanişi kerak. Soliq yukining balandligi amaldagi soliq stavkalariga boğliq emas. Monopoliya şaroitida QQS pasaytirilişi narxlarning pasaytirilişiga olib kelmaydi, bu monopolistlar marjasini oşiradi xolos”, deydi u.
Bakirovning qöşimça qilişiça, har bir viloyatda yana 100tadan korxonaga soliq imtiyozlari beriladigan bölsa, soliq yuklamasi kiçik biznes va qora xalq hisobidan qoplana boşlaydi.
“Maxsus iqtisodiy zonalarga kirib olganlar mol-mulk soliğidan, yer soliğidan va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqdan ozod qilinadilar. Şişirib körsatilgan investitsiyalarga qarab foyda soliği ham tölamaydilar. QQS böyiça qator yengilliklar muhayyo qilingan. Ular uçun boj tölamaslikka imkon beradigan alohida rejim amal qiladi.
Maxsus iqtisodiy zonalar tuziş va ularning rezidentlariga aylaniş allaqaçon korrupsion daromad manbaiga aylanib bölgan. Zona rezidentligiga, kriteriylarga javob bermaslik yettinçi darajali masalaga aylangan. Kelişilsa böldi.
Har bir viloyatda yana 100tadan korxona soliq tölamasa, qolgan yuk kimga tuşadi? Yo pensiya berişni, öqituvçiga oylik tölaşni, armiyani kuçaytirişni töxtatib turamizmi? Kimdir hisobladimi? Hokimning kompaniyalari soliq tölamasa, hokimning döstlari soliq tölamasa, hokimning şeriklari soliq tölamasa, hokimning şotirlari soliq tölamasa, tabiiyki, egasi yöq kiçik biznes va qora xalq yuklamani öziga oladi”, deydi iqtisodçi.
Ma’lumot uçun, 2020 yilda “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonun kuçga kirgan. Unga köra, maxsus iqtisodiy zonalar prezident qaroriga binoan, 30 yil muddatga taşkil etiladi.
Qonunga asosan, maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda taşkil etilişi mumkin:
- erkin iqtisodiy zonalar;
- maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
- turistik-rekreatsion zonalar;
- erkin savdo zonalari;
- maxsus sanoat zonalari.
Ötgan oyda “Maxsus iqtisodiy zonalar töğrisida”gi qonun yangi tahrirda işlab çiqilişi ma’lum bölgandi.











